menu
“Bolalarim 18 yoshga to‘lishi bilanoq AQSHdan ketishim mumkin”. Anjelina Joli qayerga ko‘chib o‘tishi haqida ma’lum qildi
Gap shundaki, yulduzning shaxsiy hayoti tobora ommalashib bormoqda

Taniqli amerikalik aktrisa Anjelina Joli AQSHdagi hayoti va Gollivuddagi ishidan nolidi. Aktrisa qayerga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotganini oshkor qildi.

Joli butun umrini Los-Anjelesda o‘tkazdi. Biroq aktrisaning aytishicha, endi u bu yerda yashay olmaydi. Gap shundaki, uning shaxsiy hayoti tobora ommalashib bormoqda va unga bunday yashash qiyin — Gollivudda aytilgan har qanday so‘z unga qarshi ishlatilishi mumkin.

Yulduz The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida aytishicha, 6 nafar farzandi voyaga yetgach, u Kambojaga ko‘chib o‘tmoqchi. 2005-yilda u ushbu mamlakat fuqaroligini olgan — uning asrab olgan o‘g‘li kambojalik.

Ma’lumki, Joli karyerasida 5 yil tanaffus olgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bolalarni tarbiyalash uchun majburiy qaror edi. Yaqinda aktrisa “Mariya” filmida bosh rolni o‘ynadi. Farzandlari ulg‘aygan, endi ular onalari bilan suratga olish maydonchasida vaqt o‘tkazishlari, xizmat safarlariga borishlari mumkin.

Bundan tashqari, Joli karyerasi qanday boshlanganini eslab, oilasidagi og‘ir moliyaviy ahvol uni aktrisa bo‘lishga majbur qilganini tan oldi. O‘shanda u jahon miqyosidagi yulduzga aylanishini xayoliga ham keltirmagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!