menu
NRG U-Tower turar joy majmuasidan Toshkentning betakror manzarasi: istiqomat qiluvchilarning birinchilariga o‘z xonadonlari kalitlari topshirildi 
NRG developerlik kompaniyasi yangi loyiha — NRG U-Tower turar joy majmuasi ustidagi ishlarni nohoyasiga yetkazdi

Xonadon sohiblari Poytaxtning noyob meʼmoriy durdonasi – NRG U-Tower da hayotining yangi bosqichini boshlab, o‘z ezgu orzularini ro‘yobga chiqardilar.

NRG developerlik kompaniyasi yangi loyiha — NRG U-Tower turar joy majmuasi ustidagi ishlarni nohoyasiga yetkazdi. Poytaxtning bosh konsert zali yonida bunyod etilgan majmua NRG kompaniyasining muvaffaqiyatli yakunlangan beshinchi loyihasi bo‘ldi.

Kalitlarni topshirishning so‘nggi kunida yangi NRG U-Tower turar joy majmuasida quvonchli lahzalar va unutilmas taassurotlarga boy bo‘lgan noyob tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni olib boruvchichining samimiy qutlov so‘zidan so‘ng NRG va Nest One hammuassisi, Murad Buildings asoschisi hamda rahbari Murod Nazarov va bosh direktor Batirbay Abzal ishtirokida obyekt menejeri Diyor Ashirmetovga kalit topshirilishi bo‘lib o‘tdi. Shubhasiz, bo‘lajak aholi o‘z orzularini ro‘yobga chiqargani, yaʼni hayotlarida yangi sahifaning debochasi bo‘lgan zamonaviy xonadonlari kalitlariga ega bo‘lishlari tadbirning muhim qismi bo‘ldi.

Tadbir o‘zining birinchi aholisiga bu kun uzoq vaqt xotirada qolishi uchun yanada ko‘prog‘ini taklif qila oldi: ular uchun “Jazzirama” guruhi va pianinochi sozanda Shuhrat Zokirov chiqish qilib, o‘z ijodi bilan fayzli muhitga nafislik va nafosat baxsh etdi. Biroq, shu bilan tadbir dasturi kifoyalanib qolmadi, mehmonlarni yana ko‘proq xushlahzalar kutmoqda edi: tadbir so‘ngida Ansity guruhining ikki nafar taniqli ijrochisi, shuningdek, mashhur DJ Niki dan musiqiy setlar taqdim etildi.

Kecha davomida, mehmonlar tunda Toshkentning hayratlanarli manzarasidan bahramand bo‘lish uchun turar-joy majmuasining 27-qavatiga taklif qilindi. Keng terrasada yig‘ilgan mehmonlarning har biri miltillab turgan shahat chiroqlari va binolarning rang-barang yoritilishini, ular orasida qad rostlagan baland osmono‘par binolar ko‘rkini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ko‘p funksiyali NRG U-Tower turar joy majmuasi qulay hayot uchun zarur bo‘lgan barcha afzallikni o‘zida mujassam etgan – Tashkent City biznes markaziga qarab turgan qulay joylashuv, shuningdek, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, poytaxt sirki, “Xalqlar do‘stligi” metro bekati, supermarketlar, dorixonalar, banklar, qahvaxonalar, bolalar bog‘chalari, maktablar, universitetlar va tibbiyot markazlariga yaqin joylashgani shular jumlasidan.

Binoga birgina nigoh tashlashda, uning shakli lotin harfi — U ni anglatishini tushunib olish mumkin. Har bir insonning taqqoslashlari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin birinchi navbatda, majmua betakrorlik, qulaylik hamda xavfsizlikni qadrlaydigan mushtarak ruhli aholi vakilllarini o‘zaro birlashtiradi, bu o‘rinda inglizcha United so‘zini qo‘llash mumkin.

NRG U-Tower — bu shunchaki turar-joy majmuasi emas, bu faol hayot maskaniga aylanish va o‘zining betakror jozibasini jamlashni ko‘zda tutgan zamonaviy poytaxtning yangi ramzi bo‘ladi.

Zaha Hadid, DP Architects Pte. Ltd., Benoy, INK Architects va boshqa dunyoning yetakchi arxitektura byurolari jabha dizaynini yaratishga ishtirok etganlar va ushbu jihat binoga noyob tashqi ko‘rinish baxsh etib, uni yanada maftunkor qiladi.

Binoning seysmik chidamliligini baholash uchun loyiha bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Natijalarga ko‘ra, NRG U-Tower turar-joy majmuasining 27 qavatli binosi sinovdan o‘tgan birinchi ko‘p qavatli bino bo‘lib, 9 balli seysmik taʼsirga ega zilzilalar vaqtida seysmik jihatdan ishonchli deb topildi. Bino chuqurligi 30 m, diametri 1,2 m bo‘lgan 218 ta qoziqdan tashkil topgan qoziq poydevorga tayangan bo‘lib, ular siqilmaydigan va qattiq poydevor – tosh lyossga tayangan. Beton karkasning markasi M600 (B45 toifa).

Ushbu TJM quvvat samaradorlik, tejamkorlik hamda ekologikligini taʼminlaydigan ilg‘or xalqaro standartlar asosida bunyod etilganligi yuqori darajadagi qulaylikni afzal ko‘rgan aholi vakillari uchun yoqimli bonus bo‘ladi. Bu Britaniyaning BRE Global kompaniyasining BREEAM sertifikatining mavjudligi bilan tasdiqlanadi.

NRG U-Tower xollida Toshkent va O‘zbekiston Respublikasidagi turar-joy majmualari orasida eng katta shisha-paketli deraza-oynalardan foydalaniladi. Kirish guruhidagi shisha-paketning balandligi 6 m, kengligi esa 2,3 mni tashkil etadi. Toblangan tashqi tripleks shisha qalinligi 20 mm (10+10), toblangan ichki oynasi 10 mm. Maxsus MultiComfort One 58/34 changlatishli.

Asosiy kirish eshigining balandligi 8 m. Bezatishda Italiyaning Karrara shahri yaqinidagi kondan Calacatta Gold marmarlari kabi tabiiy materiallardan foydalanilgan.

Majmuada aholining barcha vakillari ehtiyojlari hamda manfaatlari hisobga olingan: ochiq havoda bolalar va kattalar uchun turli xil dam olish maskanlari hamda workout hududi, uy ichida esa trenajor zali, kovorking maydoni, bolalar o‘yin xonasi shuningdek, mehmonlarni qabul qilish uchun zal taqdim etilgan.

Majmuaning uchinchi qavatida aholi ayvoncha va o‘rindiqlar bilan jihozlangan yopiq sayrlar maydonida vaqtini o‘tkazishi mumkin. Ko‘kalamzorlashtirishda daraxtning eng qadimgi turlaridan biri — Ginkgo Biloba kabi noyob o‘simliklar, shuningdek, “Watereri” qarag‘ay, lagerstreomiya, kumush chinor, bodrezak, vitex, butalar va ko‘p yillik o‘simliklar: fotiniya, magnoliya, gortenziya, archa, atirgul, salbiya, rozmarin,miskantus va boshqalardan foydalanilgan.

NRG U-Tower ning 27-qavatida joylashgan kuzatuv maydonchasini alohida taʼkidlash kerak. Ushbu hududning mavjudligi aholiga turar-joy majmuasidan tashqariga chiqmasdan nafaqat go‘zal quyosh botishi va tong otishidan, balki bamisoli kaftdagidek ko‘rinib turgan Chimyon tog‘larini xushmanzaralaridan ham bahramand bo‘lish imkkonini beradi.

NRG U-Tower TJM mutlaq xavfsizlikni kafolatlaydi: hudud shlakbaum bilan o‘ralgan, tunu-kun videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan hamda doimiy nazorat ostida bo‘ladi. Shuningdek, aholi uchun Face ID funksiyalari va xonadonlarga kalitsiz kirish imkoniyati ham mavjud. Bundan tashqari, hovli ichiga avtomobil kirishining cheklanganligi qo‘shimcha xavfsizlik darajasini taʼminlaydi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida NRG U-Tower da elektr transport vositalari va velosipedlar to‘xtash joyi uchun 60 kVt quvvatga ega tezkor elektr quvvatlash stansiyasi ham taqdim etilgan.

NRG kompaniyasi turar joy majmuasiga tutashgan jamoat bog‘ini to‘liq jihozlash orqali aholining uy yaqinida qulay dam olishlari uchun shart-sharoitlarni taʼminladi, jumladan: piyodalar yo‘laklari, axlat qutilari bilan o‘rindiqlar, ko‘cha yoritgichlari, maysazor va gulzorlar. Bundan tashqari, mavjud katta daraxtlarga qo‘shimcha ravishda eman, kashtan, qayin kabi yangi daraxt ko‘chatlari ham ekildi.

NRG U-Tower da joriy etilgan noodatiy yechim alohida eʼtiborga loyiqdir: shaxsiy hovlisi bo‘lgan xususiy xonadonni taklif qiluvchi City House. NRG Service xizmatining mavjudligi esa, oilalar uchun majmuada yashashni imkon qadar tashvishdan holi va shinam qiladi.

NRG U-Towerdagi betashvish hayot uchun ikkita dizel generator stansiyasi mavjud bo‘lib, ular majmuaning barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni taʼminlash tizimlari: qozonxona, nasos stansiyalari, isitish punktlari, tutunni yo‘qotish va yong‘in paytida havo bilan taʼminlash hamda liftning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi.

NRG U-Tower turar joy majmuasi butun O‘zbekistonning meʼmoriy durdonasiga aylandi. Binoning betakror silueti nafaqat betakror shakli, balandligi va joylashuvi bilan ajralib turadi, balki zamonaviy o‘zbek jamiyatining uzluksiz va faol taraqqiy etishining asosiy ramzlaridan biriga aylandi.

Yangicha turmush tarzi, noyob dizayn hamda yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish ushbu majmuani qulaylik va zamonaviylikni qadrlaydiganlar uchun mukammal tanlovga aylantiradi.

Reklama huquqi asosida.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!