menu
Germaniyada niqob kiygan holda mashina haydash taqiqlandi
Sud niqob taqiqi “konstitutsiyaviy asosli” va “yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan”ligini ma’lum qilgan

Germaniyada niqob kiygan holda mashina haydash taqiqlandi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Koblenz Oliy maʼmuriy sudi avtomobil haydash paytida niqob kiyish barcha yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizligiga tahdid solishini aytgan.

Reynland-Pfalzlik musulmon ayol mazkur qarorga norozilik bildirib da’vo qilgan. U mashina haydash paytida niqob kiyishni taqiqlash uning diniy huquqlarini buzishini aytgan. Ayol murojaat qilgan barcha organlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Germaniyada qo‘llaniladigan umumiy qoidalarga ko‘ra, haydovchilar yuzlarini tanib bo‘lmaydigan tarzda yashirishi mumkin emas. Sud niqob taqiqi “konstitutsiyaviy asosli” va “yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan”ligini tasdiqlagan. Sud joriy cheklov arizachiga o‘z e’tiqodiga amal qilishiga to‘sqinlik qilmasligini, mashina haydash o‘rniga undan avtobus va poezdlardan foydalanish yoki mototsikl minishni taklif qilgan (taqiq ushbu turdagi transport vositalariga taalluqli emas).

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!