menu
Rossiya Oqtov yaqinidagi aviahalokatning xolisona tergov qilinishidan manfaatdor - Peskov.
Tergov organlariga zarur topshiriqlar berildi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 21:45 145 2 daqiqa o‘qiladi Rossiya Oqtov yaqinidagi aviahalokatning xolisona tergov qilinishidan manfaatdor - Peskov

Tergov organlariga zarur topshiriqlar berildi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Foto: RIA Novosti

Rossiya Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasi samolyotining Oqtov shahri yaqinida halokatga uchrashi yuzasidan mutlaqo obektiv va xolis tergov o‘tkazilishidan manfaatdor. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Tergov idoralariga kerakli ko‘rsatmalar berildi <…> Biz ushbu halokat sabablarini aniqlash uchun mutlaqo obektiv va xolis tergov o‘tkazilishidan manfaatdormiz», dedi Kreml vakili jurnalistlarga.

Peskov aviahalokatdan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ikki marta telefon orqali gaplashganini, Rossiya rahbari uzr so‘rab, taassuf so‘zlarini aytganini eslatdi. «Ushbu halokat sabablarini o‘rganishda barcha zarur yordam va hamkorlik ko‘rsatilmoqda», dedi Kreml vakili.

29 dekabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarboyjon televideniyesiga intervyu berib, Rossiya AZAL samolyotining Oqtovda qulashi sabablarini «bosti-bosti» qilmoqchi bo‘lganidan afsusda ekanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, «samolyot ataylab urib tushirilmagani aniq», lekin Rossiya tomoni voqeadagi aybini zudlik bilan tan olib, Ozarboyjondan kechirim so‘rashi kerak edi. «Afsuski, dastlabki uch kun davomida biz Rossiyadan uydirma versiyalardan boshqa hech narsa eshitmadik», deb xulosa qildi Aliyev.

7 yanvar kuni Ozarboyjon rahbari Moskvadan aybni rasman o‘z zimmasiga olishni, aybdorlarni jazolashni hamda tovon puli to‘lashni talab qilayotganini yana bir bor ta’kidladi.

25 dekabr tongida Bokudan Grozniyga uchgan samolyot yo‘nalishini o‘zgartirib, Qozog‘istonning Oqtov shahri aeroporti yaqinida avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi. Aviahalokatda 38 kishi halok bo‘ldi.

10:37

20:22 / 08.01.2025

19:23 / 08.01.2025

18:33 / 08.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!