menu
“Ikki yil ichida 14 million suriyalik mamlakatga qaytadi” — al-Juloniy
U yangi hokimiyatning maqsadini “qasossiz g‘alaba” deb atadi va amnistiya siyosatini ijobiy baholadi

Suriyaning yangi ma’muriyati rahbari Abu Muhammad al-Juloniy ikki yil ichida mamlakatga 14 million suriyalik qaytishini aytdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Al-Juloniyning ta’kidlashicha, ularning nazorati ostidagi hududlarda hech kim majburan ko‘chirilmagan. U jamiyatning barcha qatlamlari vakillari hozirda ziddiyatsiz birga yashayotganini aytdi.

“Odil sudlovni amalga oshiradigan institutlarni yaratamiz”

Juloniyning ta’kidlashicha, ag‘darilgan rejim zo‘ravonlik va qo‘rqitish orqali xalqni bostirish uchun davlat institutlaridan foydalangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyani tiklash adolat tamoyiliga asoslanadi.

Suriyada ijtimoiy totuvlik

Juloniy Suriya jamiyati kelishuvga erishganini aytdi.

U rejimning qulashi bilan inqilob tugagani, endi inqilobiy yondashuvni davlat boshqaruviga almashtirish vaqti kelganini ta’kidladi. Siyosatchi yangi hokimiyatning maqsadini “qasossiz g‘alaba” deb belgiladi va amnistiya siyosatini ijobiy baholadi. Shunga qaramay, u qamoqxonalarda qiynoqqa solganlar, bochka bombalarini tashlaganlar yoki ommaviy qotilliklarda qatnashganlarga nisbatan amnistiya qo‘llanilmasligini aytdi.

Suriyada ijtimoiy totuvlik

Ash-Shara Suriya jamiyati kelishuvga erishganini ta’kidladi.

Uning aytishicha, rejim qulashi bilan inqilob yakunlandi va endi inqilobiy yondashuvni davlat boshqaruvi bilan almashtirish vaqti keldi. al-Juloniy yangi hokimiyatning maqsadini “qasossiz g‘alaba” sifatida belgiladi va amnistiya siyosatini ijobiy baholadi.

Shunga qaramay, u qamoqxonalarda qiynoqlarga yo‘l qo‘yganlar, bochka bombalarini tashlaganlar yoki ommaviy qotilliklarda ishtirok etganlarga nisbatan amnistiya qo‘llanilmasligini bildirdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!