menu
Finlyandiya parlamentida korporativdan keyin giyohvandlik izlari topildi — OAV 
“Albatta, bu yerda ishlashi mumkin bo‘lgan odamlar giyohvand moddalarni iste’mol qilayotgani haqida alomatlar paydo bo‘lishi achinarli”, deydi parlament spikeri

Yle nashri jurnalistlari Finlyandiya parlamentining uchta hojatxonasida giyohvand moddalar qoldiqlarini topishdi.

Ular nam salfetkalar bilan hojatxona yuzalarini artib chiqishdi va namunalarni Measurlabs laboratoriyasiga jo‘natishdi. Laboratoriya tekshiruvlarida salfetkalarda amfetamin, ekstaziya va kokain izlari aniqlandi.

Namunalar 2024-yil dekabr oyida parlament binosining uchinchi hamda beshinchi qavatlaridagi erkaklar va ayollar hojatxonalaridan olingan. Psixoaktiv moddalarning izlari faqat beshinchi qavatda olingan namunalarda topilgan: odatda u yerda parlament guruhlarining majlislari o‘tkaziladi. Jurnalistlar tadqiqot uchun namunalar olgan kuni o‘sha qavatda Rojdestvo kechasi bo‘lib o‘tgan.

Nashrning ta’kidlashicha, parlamentga faqat deputatlar tashrif buyurmaydi, biroq binoda qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, eduskunta (Finlyandiya parlamenti) psixoaktiv moddalardan foydalanishga nisbatan choralar ko‘rishi mumkin.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!