menu
Suriyaning yangi hukumati Eron va Isroil fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi.
Turkish Airlines aviakompaniyasi Suriyaning yangi hukumati Isroil va Eron fuqarolarini tashishni taqiqlaganini ma’lum qildi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 17:04 752 1 daqiqa o‘qiladi Suriyaning yangi hukumati Eron va Isroil fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi

Turkish Airlines aviakompaniyasi Suriyaning yangi hukumati Isroil va Eron fuqarolarini tashishni taqiqlaganini ma’lum qildi.

Foto: Anadolu Agency

Turkish Airlines 23 yanvardan Damashqqa parvozlarini qayta tiklaydi. Aviatashuvchi haftasiga uch marotaba parvozlarni amalga oshiradi. Aviakompaniya Suriya hukumati tomonidan mamlakatga kirish taqiqlanganlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi:

Avvalroq Suriya poytaxti Damashqdagi aeroport, Baas partiyasi rejimi ag‘darilganidan keyin birinchi marta xalqaro qatnovlarni tiklagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyin yangi hukumat mamlakatga chet el mahsulotlari importiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgan.

Suriyada qurolli muxolifatning 2024 yil 27 noyabridan boshlangan keng ko‘lamli harbiy harakatlari oradan 12 kun o‘tib, 8 dekabrda Damashqning qulashiga olib keldi. Mamlakatda Asadlar sulolasining 53 yillik hukmronligi yakun topdi.

12:05 / 15.01.2025

18:15 / 13.01.2025

19:19 / 11.01.2025

18:45 / 10.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!