menu
Moderna aksiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi.
Bunga kompaniya 2025 yilga mo‘ljallangan daromadlar prognozini e’lon qilgani sabab bo‘ldi. Amerika biotexnologik kompaniyasi o‘tgan yilga nisbatan va bozor kutilmalaridan kamroq foyda ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 00:36 114 2 daqiqa o‘qiladi Moderna aksiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi

Bunga kompaniya 2025 yilga mo‘ljallangan daromadlar prognozini e’lon qilgani sabab bo‘ldi. Amerika biotexnologik kompaniyasi o‘tgan yilga nisbatan va bozor kutilmalaridan kamroq foyda ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Foto: Getty Images

Amerikaning Moderna Inc. biotexnologik kompaniyasi 2025 yilda 2,5 milliard dollargacha — o‘tgan yilga nisbatan va bozor kutilmalaridan kamroq foyda ko‘rishni rejalashtirmoqda. Ushbu prognoz e’lon qilinganidan keyin Moderna aksiyalari qiymati 13 yanvar kungi savdolarda 21 foizga tushib ketdi. 

Kompaniya press-relizida ta’kidlanishicha, daromadning asosiy qismi yilning ikkinchi yarmida Spikevax va mRESVIA vaksinalari hisobiga keladi. 

Facset tahlilchilar o‘rtasida o‘tkazgan so‘rov natijalarida keltirilishicha, kompaniyaning bu yilgi sotuvi taxminan 2,92 milliard dollarni tashkil qiladi.

2024 yilda Moderna’ning savdo hajmi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3-3,1 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, ularning 1,7 milliard dollari AQSh, qolgani esa chet el bozorlari hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Kompaniya o‘tgan yili operatsion xarajatlarni 2023 yilga nisbatan 25 foizga qisqartirgan va 2025 yilda 1 milliard dollar, 2026 yilda yana 500 million dollar tejashga erishish niyatida.

2024 yil oxirida Moderna balansidagi pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari hajmi 9,5 milliard dollarni tashkil etgan. Kompaniya joriy yil oxiriga borib ushbu ko‘rsatkich 6 milliard dollarga bo‘lishini kutmoqda.

So‘nggi 12 oy ichida Moderna kapitalizatsiyasi 68 foizga tushib ketgan.

01:16 / 20.11.2024

00:47 / 27.08.2024

11:34 / 06.12.2022

10:23 / 27.08.2022

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!