menu
Medvedev rus tilini bilmagan migrant bolalarni maktabga olmaslikka chaqirdi
Rossiya sobiq prezidenti bu bolalar ta’lim darajasiga zarar yetkazayotganini aytdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev rus tilini bilmagan migrant bolalarni maktabga olmaslikka chaqirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

 

Siyosatchi tegishli bayonotni migratsiya siyosati bo‘yicha yig‘ilish yakunlarida aytgan. U rus tilini bilmagan bolalar “umumiy ta’lim darajasiga zarar yetkazishi”ni bildirgan.

22-oktabr kuni Sverdlovsk viloyatidagi bolalar huquqlari bo‘yicha komissar Igor Morokov rus tilini yaxshi bilmaydigan muhojirlarning farzandlarini imkoniyati cheklangan bolalarga tenglashtirishni taklif qilgandi. U shu tariqa o‘qituvchi va o‘qituvchilar uchun tegishli sharoitlar yaratilishini bildirgan.

Sentabr oyida Rossiya maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga sinf va guruhlarda rus tilini yaxshi bilmaydigan chet el fuqarolarining farzandlari sonini cheklash bo‘yicha ko‘rsatma berilgandi. O‘shanda vazirlik hujjatida bunday bolalarga samarali ta’lim berish “imkoniyati cheklangan bolani o‘qitishdan oson emasligi aniq”, deyilgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!