menu
Slovakiya bosh vaziri Zelenskiyni “tilanchi” deb atadi
Tomonlar o‘rtasidagi munosabat Rossiya gazi tranziti to‘xtaganidan keyin keskinlashdi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning harbiy yordam so‘rashini tanqid qilib, uni “tilanchi” deb atadi. 

Robert Fitsoning bayonoti parlament qo‘mitasining yig‘ilishida yangradi. Unda bosh vazir Ukraina orqali Rossiya gazining Slovakiyaga tranzitini to‘xtatish oqibatlari haqida gapirdi. Fitso Ukraina yetakchisini ishonchsiz deb atab, “bo‘g‘zimgacha to‘ydim”, deya norozilik bildirdi.

Ukraina va Slovakiya o‘rtasidagi munosabatlar Kiyev Rossiya gazi tranziti bo‘yicha shartnomani uzaytirishni rad etgani sababli keskin yomonlashdi. 1-yanvar kuni ertalab gaz oqimi to‘xtadi.

Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini shu munosabat bilan Ukrainaga tashrif buyurishdan bosh tortishini ma’lum qildi. U prezidentlik lavozimida barcha qo‘shni mamlakatlarga tashrif buyurgan, biroq avvalroq bunday tashrif rejasini e’lon qilgan bo‘lsa-da, shu paytgacha Kiyevda bo‘lmagan. 

Fitso Kiyevning qarorini “o‘ta siyosiy” deb atagan va bu qaror Slovakiyaga ham, butun Yevropa Ittifoqiga ham zarar yetkazishini bildirgan. Bunga javoban u elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish, ukrainalik qochqinlarga beriladigan nafaqalarni qisqartirish, Ukrainaning Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lishini to‘sib qo‘yish va Kiyevga insonparvarlik yordamini yuborishni to‘xtatish bilan tahdid solgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!