menu
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda.
Odam savdosi jinoyatini homilador ayolga nisbatan sodir etganlarga og‘irroq jazo choralarini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritiladi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 11:34 246 2 daqiqa o‘qiladi Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda

Odam savdosi jinoyatini homilador ayolga nisbatan sodir etganlarga og‘irroq jazo choralarini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritiladi.

Foto: primamediams.servicecdn.ru

Senatning ikkinchi yalpi majlisida «Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilindi.

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Natijada odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi ishlar tizimlashtirilib, ushbu jinoyatdan jabrlanganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini huquqiy himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

O‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali odam savdosi jinoyatini sodir etganlik uchun jazo chorasi kuchaytirilayotganligi alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, muhokama davomida qonun bilan odam savdosi jinoyatini homilador ayolga nisbatan sodir etgan shaxslarga  og‘irroq jazo choralarini belgilovchi o‘zgartirishlarni kiritish taklif etilayotganligi qayd etildi.

Senatorlar tomonidan mazkur qonunning hayotga tatbiq etilishi odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishga, ularga qarshi samarali kurashishga, bunday qilmishlar uchun mutanosib jazo choralari belgilanishiga, qolaversa, bolalar va xotin-qizlar huquqlarini samarali himoya qilishga xizmat qilishi qayd etildi.

Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

18:38 / 11.12.2024

11:34 / 09.12.2024

19:17 / 28.11.2024

15:24 / 25.11.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!