qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 15:31 305 2 daqiqa o‘qiladi Moldova prezidenti Mayya Sandu ikkinchi muddatga qasamyodga keltirildiMayya Sandu qasamyod qilgandan so‘ng so‘zlagan nutqida Moldova jamiyati so‘nggi yillardagi inqirozlar va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qaramay, tinchlikni saqlashga va demokratiyani himoya qilishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi.
Foto: RIA Novosti / Rodion Proka
24 dekabr, seshanba kuni Kishinyovda Moldova prezidenti Mayya Sandu ikkinchi muddatga qasamyod qildi. «Qo‘limni yuragimga qo‘ygan holda ayta olaman: men birinchi mandatim davomida fidoyilik bilan ishladim va to‘rt yil bundanda kattaroq iroda va kuch bilan davom etaman, kamtarlik bilan aytishim mumkinki, biz mustaqillikning 30 yili davomida hech qachon bo‘lmagan ishni qildik», — deya ta’kidladi Sandu.
Davlat rahbari o‘z nutqida mamlakat jamiyati so‘nggi yillardagi inqirozlar va qo‘shni Ukrainadagi urushga qaramay, tinchlikni saqlab, demokratiyani himoya qilishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi. «Men sizni ishonch bilan olg‘a siljishga chaqiraman, bizning Moldova nimani anglatishini unutmang — meros, nekbinlik, kurash, rivojlanish, tashkilotchilik, iroda, ambitsiya», dedi Sandu.
Moldova Rossiya gazi tufayli favqulodda holat e’lon qildi
Moldovada Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtashi tahdidi tufayli favqulodda holat joriy etiladi. Bunday qaror 13 dekabrga o‘tar kechasi mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilindi. Uni 101 deputatdan 56 nafari qo‘llab-quvvatlab chiqdi.
Moldovada 16 dekabrdan 60 kunlik favqulodda holat joriy etiladi. 2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan gazning mamlakatga kelishi to‘xtashi kutilmoqda.
Kishinyov Rossiya gazini Ukraina orqali tranzit orqali oladi, uning vakillari mamlakat «Gazprom» bilan Rossiya Federatsiyasidan gaz tranziti bo‘yicha shartnomani uzaytirmoqchi emasligini bir necha bor aytishgan. Amaldagi shartnoma muddati 2024 yil 31 dekabrda tugaydi.
Bundan tashqari, Rossiya nefti ham Ukraina orqali Yevropa Ittifoqiga «Drujba» neft quvuri orqali keladi. Ukrainaning «Ukrtransafta» kompaniyasi va Rossiyaning «Transneft» kompaniyasi o‘rtasida uni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi.
20:50 / 14.12.2024
10:00 / 13.12.2024
13:49 / 18.11.2024
00:09 / 13.11.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment