qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 13:40 75 2 daqiqa o‘qiladi Koreya O‘zbekistonda ijtimoiy ishchilar malakasini oshirish uchun qo‘shma dastur ishlab chiqadiO‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Koreya ijtimoiy ishchilar uyushmasi (Korea Social Workers Association) rahbari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuvda O‘zbekiston ijtimoiy yo‘nalishda olib borayotgan siyosati, jumladan jamiyatning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy masalalarni hal qilishga qaratilgan davlat organlari faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Koreya ijtimoiy ishchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda o‘zaro hamkorlik hujjati loyihasini shakllantirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.
Tadbir davomida mamlakatda ijtimoiy ishchilarning malakasini oshirish va tayyorlash uchun qo‘shma dastur ishlab chiqish, Janubiy Koreya mutaxassislarini O‘zbekistonga taklif qilgan holda malaka oshirish treninglarini o‘tkazish, ilg‘or texnologiyalar va uskunalarni jalb qilish imkoniyatlari hamda ikki tashkilot o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha fikr almashildi.
08:21 / 16.12.2024
08:10 / 30.11.2024
11:10 / 10.10.2024
14:20 / 07.10.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment