qarashlar
Aprel oyining navbatdagi haftasida siyosiy voqealarning moliyaviy bozorlarga ta’siri kuchli bo‘ldi va bozorlarni sezilarli darajada pasaytirib yubordi. Tarixda birinchi bor Eron to‘g‘ridan to‘g‘ri Isroilga hujum qildi. Bu voqea Yaqin Sharq hududida keskinlikni yanada oshirib yubordi. Oqibatda, nafaqat AQSh fond bozori, balki rivojlanayotgan mamlakatlarning fond bozorlari ham zarar ko‘rdi. Bundan tashqari, AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) raisi Jyerom Povel mart oyidagi makroiqtisodiy ma’lumotlariga qisqacha izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, so‘nggi tahlillar inflatsiya pasayishi bo‘yicha kelgusida progress yo‘qligini ko‘rsatmoqda va yuqori stavkalar uzoqroq vaqt, ya’ni 2 foizlik inflatsiyaga erishilmaguncha saqlanib qolishi mumkin.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 15 apreldan 19 aprelgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
foiz).
AQSh fond indekslari siyosiy va makroiqtisodiy ma’lumotlar oqibatida, joriy haftada 2024 yildagi eng yirik korreksiyani qayd etdi. Bunga ko‘ra, NASDAQ indeksi korreksiyada yetakchilik qilib, bir hafta ichida 966 punktga, S&P500 indeksi esa 156 punktga pasaydi. Shunga qaramay, Dow Jones indeksi yo‘qotishlardan saqlanib qoldi va haftani 3 punkt ko‘tarilish bilan yakunladi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
Qimmatbaho metallarning barchasi o‘sish sur’atini taqdim etdi. Masalan, alyuminiy va oltin mos ravishda 177 dollar va 48 dollarga o‘sgan bo‘lsa, kumush va mis 72 va 18 sentga qimmatlashdi.
Neft
Hafta davomida neftning WTI markasi 3,34 dollarga, BRENT esa 3 dollarga arzonlashdi.
Valutalar
Yaqin Sharqdagi keskinlik AQSh valutasi kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, lira va yevro mos ravishda 0,46 foiz va 0,13 foizga, so‘m va yuan esa 0,08 foiz va 0,04 foizga pasaydi. Faqatgina rubl o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga erishdi va 0,31 foizga mustahkamlandi.
Kriptovaluta
Asosiy kriptolar tebranishni davom ettirmoqda. Hafta davomida Bitcoin 3,17 foizga, Ethereum 3,2 foizga pasaydi.
Bozorlar haqida qisqacha
Global tinchlikka tahdidlar ko‘payayotgan bir paytda inflyatsion fon yomonlashishi investorlarni riskga ega aktivlarga ehtiyotkorona munosabat qilishiga olib kelmoqda. Geosiyosiy voqealardan so‘ng, Jyerom Povelning nutqi AQSh fond bozoridan kapital chiqib ketish tezligini oshirib yubordi va S&P500 indeksi aprel oyining boshidan olib hisoblaganda 5,46 foizga qisqardi. Bunga qo‘shimcha sifatida, FZTning ko‘plab amaladorlari stavkani keyingi yilgacha saqlab qolish kerakligini ta’kidlab kelishmoqda va ba’zilar hatto ko‘tarishni ham tavsiya etmoqda. Bu holat o‘z navbatida investorlarda xavotirni kuchaytirib, optimizmni so‘ndirib yubordi va buning oqibatida noaniqlik kuchayib, investorlarni kamroq riskka ega aktivlar, ya’ni g‘aznachilik obligatsiylariga o‘tib olishga undadi. Aytish mumkinki, so‘nggi yarim yil davom etgan stavkani bir necha bor pasaytirish eyforiyasi o‘z yakuniga yetdi va bozor ishtirokchilarining noto‘g‘ri prognozi yana bir bor xavotirlarga sabab bo‘ldi.
Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 15 apreldan 19 aprelgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.
Comments
0 comment