menu
Rossiyada migrantlar ish joyini o‘zgartirishi taqiqlanishi mumkin
Taqiq dastlab qurilishda, keyin boshqa sohalarda qo‘llanilishi kutilmoqda

Rossiyada muhojirlar faqat bitta ishda faoliyat yuritishi va bu ularning patentlarida aks ettirilishi mumkin. Qurilish vazirligi tegishli taklifni ilgari surdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

“Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Qurilish sohasida yangi tartib 2025-yilning aprel-iyun oylarida joriy etilishi mumkin. U boshqa sohalarga ham tatbiq etilishi ehtimoli bor.

Bu yil Rossiyada migratsiya siyosati keskinlashdi. Xususan, chet elliklar uchun patent va ishlash ruxsatnomasini olish maqsadida o‘tkaziladigan test tizimiga o‘zgartirishlar kiritildi: undan tijorat tuzilmalari chiqarib tashlandi, endi migrantlar faqat Rossiyaning 92 ta davlat muassasasida imtihon topshiradi. Ular test sinovlarida rus tili, Rossiya tarixi va mamlakat qonunchiligi asoslarini bilishlarini ko‘rsatishlari lozim.

Test sinovlari uchun yagona narxlar belgilandi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, migrantlar Rossiya uchun og‘ir demografik vaziyat sharoitida “zarurat” hisoblanadi. Migrantlar mamlakatning jadal rivojlanishi uchun kerak bo‘lgani sababli, Rossiya ularning kelishini ma’qullaydi.

Turli darajadagi hukumat vakillari migrantlar haqida tanqidiy fikr bildirmoqda

Jumladan, Lipetsk viloyati gubernatori Igor Artamonov aytishicha, aholiga na qonuniy, na noqonuniy migrantlar “yoqmaydi”, ammo ularsiz iloji yo‘q. U muhojirlar “o‘zlari xohlagan joyda emas, balki bizga kerak bo‘lgan sohalarda ishlashlari lozim” degan.

Gubernatorning fikricha, ba’zi sohalarda, masalan, tailandliklar ishga olib kelinadigan massaj xizmatida, migrantlarsiz ham ishni yuritish mumkin. Biroq qurilishda migrantlar juda zarur hisoblanadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!