menu
O‘zbekistonda oltin quymalar narxi bir oyda to‘rt marta rekord darajada oshdi
Yil boshidan buyon ushbu qimmatbaxo metall narxi 30 foizdan ortiq qimmatladi

O‘zbekistonda 23-sentyabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi yangi yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltin tannarxi 1 108 980 so‘mni tashkil qildi va 20-sentyabrdagi narxga nisbatan 21,5 foizga qimmatladi. Besh grammlik oltin quyma uchun 5 million 545 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.

Sentyabr oyi boshidan buyon mahalliy bozorda qimmatbaho metalning chakana narxi to‘rtinchi marta o‘zining maksimal qiymatini yangiladi. To‘qqiz oydan kamroq vaqt ichida u 30,8 foizga o‘sdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-sentyabrda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 39,15 milliard dollarga yetdi. 

Oltin quymalar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin?

Oltin quymalar — og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar. Maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi.

Oltin quymalari himoyalangan qadoqlarda sotiladi va ularni bemalol uyda yoki bankda — individual bank yacheykalarini ijaraga olgan holda saqlash mumkin. Ularning narxi bir hafta ichida bir necha marta o‘zgarishi mumkin. Oltin quymalarini faqat banklarga sotish mumkin.

Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

Oltin boshqa metallar singari giperinflyatsiya va moliyaviy bozorlardagi global tartibsizlik davrida ham nol darajada qadrsizlanmaydi. Shu ma’noda u haqiqatan ham qimmatli qog‘ozlar va valyutaga qaraganda ishonchliroqdir.

Biroq, boshqa tomondan, oltin narxi juda o‘zgaruvchan. Qisqa muddatga sarmoya kiritishga qaror qilganlar uchun bunday investitsiya foydali bo‘lishiga kafolat yo‘q. Shuning uchun qimmatbaho metallarga sarmoya kiritish odatda uzoq muddatli (10-20 yil) sarmoya sifatida tavsiya etiladi. Uzoq muddatda ularning qiymatining o‘sishi ko‘pincha inflyatsiyadan o‘zib ketadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!