menu
O‘zbekistonda hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi 
Salqin havo respublika hududidan chekina boshlaydi

O‘zbekistonda dushanbadan salqin havo chekina boshlaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Dam olish kunlarida O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelib, respublika hududining katta qismida harorat 8-10 darajagacha pasaygandi. Prognozlarga ko‘ra, 19-avgust, dushanba kunidan boshlab havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, lekin ish haftasining oxirigacha nisbatan qulay bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 30-35 darajagacha, baʼzi joylarda 37 darajagacha isiydi.

Ushbu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, janubda va cho‘l hududlarning baʼzi joylarida 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 18-21 daraja, kunduz kunlari 32-35 daraja bo‘ladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!