menu
O‘zbekistonda avtomobillarni sotish va sotib olish uchun yangi – Abozor ilovasi ishga tushirildi

Avtomobillar olamida mashina sotib olish yoki sotish haqiqiy sinovga aylanishi mumkin. Uzoq izlanishlar, narxlarni taqqoslash, diagnostika - bularning barchasi vaqt va kuch talab qiladi. Biroq, Abozor bozorga kirib kelishi bilan bu muammolar o‘tmishda qoladi. Ushbu platforma jarayonni barcha ishtirokchilar uchun qulay va xavfsiz qilish maqsadida yaratilgan.

Loyiha kompleks avtomobil yechimlari sohasida yetakchi bo‘lgan Agroup kompaniyasi tomonidan AVTORITET ko‘p funksiyali avtoservislar tarmog‘i bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan

10-oktyabr kuni Abozor O‘zbekistonning yetakchi avtohamkorlari va savdogarlarini to‘plab, butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli yopiq tadbir o‘tkazdi. Ushbu tadbir doirasida o'tkazilgan kimoshdi savdosida 30 dan ortiq avtomobil o‘ynaldi. Ushbu auksion bozor ishtirokchilari uchun platformaning samaradorligi va imkoniyatlarini namoyish etdi.

Abozor boshqa platformalardan nimasi bilan farq qiladi?

Abozor - bu oddiy e’lonlar platformasi emas. Bu yerda xaridorlar va sotuvchilar jarayonni ancha osonlashtiradigan noyob vositalar to‘plamidan foydalanishlari mumkin. Masalan, siz avtomobilning davlat raqamini kiritasiz va tizim avtomatik ravishda VIN raqamini (avtomobilning identifikatsiya raqami) ham qo‘shib, barcha muhim ma’lumotlarni taqdim etadi. Natijada ma’lumotlarni qo‘lda to‘ldirish shart bo'lmaydi. Bu vaqtni tejaydi hamda xatolarning oldini oladi.

Onlayn kimoshdi savdosi funksiyasi

Avtomobilni sotish asabiy va uzoq jarayonga aylanishi mumkin, ayniqsa yaxshi xaridorni qanday topishni bilmasangiz. Abozor’da buning yechimi bor – onlayn kimoshdi savdosi. Bu qanday amalga oshiriladi? Siz avtomobilingizni kimoshdi savdosiga qo‘yasiz va 500 dan ortiq professional savdogarlar o‘z narxlarini taklif qilishadi. Bu sizga maksimal foyda va minimal kuch sarflashni kafolatlaydi. Siz eng yaxshi taklifni tanlab, bitimni yakunlaysiz.

Xavfsizlik birinchi o‘rinda 

Foydalanuvchilar Abozor’ni tanlashiga sabab bo‘lgan asosiy omillardan biri bitimlarning xavfsizligidir. Kimoshdi savdosiga qo‘yilgan barcha avtomobillar sertifikatlangan servis markazlarida majburiy diagnostikadan o‘tkaziladi. "Tekshirildi" stikerini olgach, avtomobilning soz holati va sotuvga tayyorligi tasdiqlanadi. Bu xaridorlar uchun xavfni kamaytiradi va sotuvchilar uchun jarayonni osonlashtiradi. Agar avtomobil "E’lonlar taxtasi" bo‘limida joylashtirilsa, diagnostika ixtiyoriy bo‘lib, sotuvchilarga ko‘proq moslashuvchanlik beradi.

Avtomobil narxini baholash - tez va aniq.

Avtomobilingiz qancha turishini bilmaysizmi? Abozor tezkor va aniq baholash uchun haqiqiy bozor ma’lumotlari va sun’iy intellektdan foydalanadi. Bir necha daqiqa ichida siz joriy bozor sharoitlariga asoslangan holda o‘z mashinangizning haqiqiy qiymatini bilib olasiz. Bu sotish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi va oshirilgan yoki pasaytirilgan narxlarning oldini olishga yordam beradi.

Avtomobil egalari uchun qo‘shimcha funksiyalar

Abozor foydalanuvchilari texnik ko‘rik, sug‘urta va jarimalar kabi muhim sanalarni kuzatish imkonini beruvchi "Mening garajim" funksiyasidan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, avtomobil uchun tonirovka yoki sug‘urta kabi xizmatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova orqali buyurtma berish imkoniyati mavjud.

Abozor kelajagi: to‘laqonli avtoekotizim

Onlayn platformaga qo‘shimcha ravishda, Abozor an'anaviy bozorda yanada kengayishni rejalashtirmoqda. Yaqin kelajakda 5,3 gektarlik avtomobil bozori ochilib, barcha avtomobil ishqibozlari uchun haqiqiy markazga aylanadi. Hududda quyidagilar joylashtiriladi:

Bundan tashqari, foydalanuvchilar DAN, notarius, sug‘urta va moliyaviy maslahatlar kabi bir qator qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu to‘liq ekotizimni yaratadi. Unda avtomobil egalari barcha kerakli narsalarni bir joyda topishlari mumkin.

Bugunoq Abozor’ga qo‘shiling!

Reklama huquqi asosida.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!