menu
Oktyabrda soliq tushumlari 2023-yilning shu davriga nisbatan 15 foizga o‘sdi 
Tahlil qilinayotgan davrda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 10,2 foizga oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari O‘zbekistonning barcha hududlarida tadbirkorlik faoliyatini kompleks tahlil qildi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, oktyabr oyida soliq tushumlari 2023-yilning shu davriga nisbatan 15 foizga o‘sish bilan ijobiy dinamikani ko‘rsatdi, bu esa tadbirkorlik faoliyatini barqarorligidan dalolat beradi. Soliq tushumlarining hududiy dinamikasini tahlil qilish natijasida quyidagi tendensiyalar aniqlandi.

Surxondaryo viloyatida soliq tushumlari bo‘yicha eng yuqori o‘sish qayd etildi – 15,4 foiz. Xorazm, Andijon va Samarqand viloyatlarida ham sezilarli o‘sish kuzatildi – mos ravishda 12,1 foiz, 11,2 foiz va 11,1 foiz. Eng katta o‘sish Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan bo‘lib, 18,9 foizni tashkil etdi.

Soliq tushumlari bo‘yicha tahlilda daromad solig‘i 18,2 foizga oshgan, bu esa aholi bandligi va daromadlarining oshganligini ko‘rsatadi. Mulk solig‘i 38,9 foizga, yer solig‘i esa 26,3 foizga oshdi.

Bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 10,4 foizga oshdi. Bojxona tushumlarining eng katta o‘sishi Qashqadaryo viloyatida qayd etildi va 120 foizdan oshdi. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ham sezilarli o‘sish kuzatildi — 60 foizdan ortiq. Buxoro va Jizzax viloyatlarida o‘sish qariyb 50 foizni tashkil etdi.

Tovarlar eksporti yil boshidan buyon o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga o‘sdi. Eksportning sezilarli o‘sishi Navoiy (49,1 foiz), Xorazm (38,1 foiz) va Qashqadaryo (26,9 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

Tahlil qilinayotgan davrda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 10,2 foizga oshdi. Kreditlashning eng katta o‘sishi Toshkent (15,9 foiz), Qashqadaryo (13,9 foiz), Farg‘ona (10,4 foiz) viloyatlari va Toshkent shahrida (20,5 foiz) qayd etildi.

Tahlil qilinayotgan davrda 66 870 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan, ularning eng ko‘pi Xorazm (5 940), Toshkent (5 834), Samarqand (5 566), Farg‘ona (5 267) viloyatlarida va Toshkent (14 119) shahrida ro‘yxatga olingan.

Tahlil qilinayotgan davrda O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 22,7 foizga o‘sdi. Birja faolligining sezilarli o‘sishi Xorazm (66,7 foiz), Surxondaryo (57,8 foiz), Sirdaryo (51,2 foiz), Buxoro (47,1 foiz), Jizzax (41,7 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (67,9 foiz) kuzatildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!