menu
Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi
Komissiya davlat organlariga bir qator tavsiyalarni berdi

Ombudsman Feruza Eshmatova boshchiligida 14 nafar deputat, senatorlar, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillaridan tashkil topgan Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyaning axboroti 26-dekabr kuni Parlament palatalari kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat va Qonunchilik palatasi matbuot xizmatlari xabar berdi.

Nukusda yuz bergan voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya 2022-yilning 15-iyulida tuzilgandi.

Qayd etilishicha, komissiya faoliyati davomida fuqarolardan kelib tushgan jami 600 dan ortiq murojaat ijobiy hal etdi. 50 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlarga tashrifi davomida 590 nafar xodim, 334 nafar qamoq jazosini o‘tab chiqqan shaxslar bilan suhbatlashdi.

Jinoyat ishi doirasida sudgacha qamoqqa olingan jami 168 nafar shaxsning 107 nafari (2 nafar ayol) komissiya iltimosnomasiga ko‘ra oilasiga qaytarildi.

Komissiya BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamkorlik qildi, shuningdek xalqaro nohukumat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda bo‘lib turdi.

Komissiya tomonidan uning faoliyati Internetning Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi Independent Commission_uz rasmiy sahifasida (o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillarida) to‘liq e’lon qilib borildi.

Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarning ishtirokchilaridan 943 nafari huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ogohlantirilgan, 6 135 nafariga ma’muriy jarima, 2 639 nafariga ma’muriy qamoq jazosi belgilangan, 61 nafari jinoyatlar sodir etganligi aniqlanganligi qayd etildi.

Tartibsizliklar natijasida fuqarolar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining og‘ir tan jarohati olishi va halok bo‘lishi, shuningdek, fuqarolar va davlat idoralarining mol-mulkiga katta miqdorda (6,8 mlrd so‘m) moddiy zarar yetgani ma’lum bo‘ldi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ommaviy tartibsizliklarni ma’muriy binolardan uzoqlashtirish, va tarqatib yuborish, ma’muriy bino va strategik obyektlarni egallashga urinishlarni bartaraf etish maqsadida xalqaro amaliyotda qo‘llanadigan vositalar (suv va rangli suyuqlik purkovchi texnika, ko‘zdan yosh oqizuvchi maxsus granatalar)dan foydalanilgan.

Ommaviy tartibsizliklar davomida 21 nafar fuqaro, shu jumladan 2 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari vafot etgan va 413 nafari jarohatlangan (shundan 183 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari).

Tergov va sud jarayonida ishtirok etgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari (advokat, tibbiy yordam, telefonda so‘zlashish va h.k.) to‘liq ta’minlangan, sud qarorlari ustidan shikoyat kiritish imkoniyati berilgan. Barcha sud jarayonlari ochiq va shaffof o‘tkazilgani qayd etildi.

Shu bilan birga, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish jarayonlarida inson huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini buzishga yo‘l qo‘ygan ichki ishlar organlari xodimlarining 3 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat organlariga komissiya quyidagi tavsiyalarni bildirdi:

Komissiyaning axborotini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Oliy Majlis palatalari kengashlarining tegishli qarori qabul qilindi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!