menu
Nani futbolchilik faoliyatini yakunladi
Futbolchi 38 yoshida “butsasini mixga ildi”

Portugaliyalik futbolchi Nani faoliyatini yakunladi. 

Yarim himoyachi bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi videomurojaatida maʼlum qildi.

Maʼlumot uchun, portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Fenerbahche”, “Valensiya”, “Latsio”, “Orlando Siti”, “Venetsiya”, “Melburn Viktori”, “Adana Demirspor” va “Eshtrela” jamoalarida o‘ynagan.

U manchesterliklar safida 4 marta APL chempioni bo‘lgan. Shu bilan birga, 2007/08 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan. 

Nani Portugaliya milliy jamoasi safida 112 ta o‘yin o‘tkazgan va Yevro-2016 da chempion bo‘lgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!