menu
Livan Isroilni “Hizbulloh” bilan sulh bitimini buzganlikda aybladi
Avvalroq Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning “tahdid tug‘diruvchi, shubhali faoliyati” aniqlanganini aytib, guruhning o‘rta masofali raketalari saqlanadigan obyektiga havo zarbasi berganini xabar qilgandi

Livan Isroilni “Hizbulloh” bilan sulh bitimini buzganlikda aybladi.

Isroil armiyasi 28-noyabr oqshomida so‘nggi 24 soat ichida Livan “Hizbulloh”i tomonidan “tahdid tug‘diruvchi va o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi shartlarini buzuvchi” “shubhali faoliyat”ni aniqlaganini ma’lum qilgan edi.

Shundan so‘ng Isroil havo kuchlari “Hizbulloh” go‘yoki Isroil hududiga hujumlar uyushtirgan va faollik qayd etilgan hududga zarba bergan. Kunning ikkinchi yarmida Isroil tomoni “Hizbulloh”ning o‘rta masofali raketalari saqlanadigan obyektga havo hujumi uyushtirilgani haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, Isroil armiyasi “terrorchilik faoliyatini” ham fosh qilgan.

Keyinroq Isroil bosh shtab rahbari Gerzi Halevi Isroil armiyasi har qanday sulh buzilishiga o‘q bilan javob berishi haqida ogohlantirgan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu News 14 telekanaliga bergan intervyusida, agar sulh bitimi buzilgan taqdirda, Isroil keng ko‘lamli urushga tayyor ekanligini ta’kidlagan.

Netanyaxu va AQSH prezidenti Jo Bayden 26-noyabr oqshomida Livanda “Hizbulloh” bilan sulh tuzilganini e’lon qilgandi. Netanyaxu kelishuv muddati “Hizbulloh”ga bog‘liq bo‘lishini aytgan. Shuningdek, u Isroil armiyasi endi “Eron tahdidi”ga ham e’tibor qaratishini qayd etgan.

Baydenga ko‘ra, 60 kun ichida Livan guruhi armiya tuzilmalari joylashtirilgan chegara hududlarini tark etishi kerak va shu bilan birga Isroil qo‘shinlari ham ushbu muddat ichida Livandan chiqib ketadi.

26-noyabr kuni Isroil Harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi Livanning “Hizbulloh” harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvni ma’qullagan edi

Sulh mazmuni

Sulh Livandagi BMT muvaqqat kuchlari ko‘magida Livan armiyasining janubiy chegara bo‘ylab uchastkalarni bosqichma-bosqich nazorat qilishni nazarda tutadi. O‘z navbatida, Isroil ikki oy ichida Livandan o‘z harbiylarini olib chiqishi shart. “Hizbulloh” BMT Xavfsizlik kengashining 1701-rezolyutsiyasiga muvofiq Livanning janubidagi ishtirokini to‘xtatib, Litani daryosining shimolidan chekinishi kerak bo‘ladi.

AQSH prezidenti Jo Bayden kelishuv Vashington tashabbusi bilan erishilganini aytgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!