menu
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda — OAV 
BAAda jasadi topilgan ravvinni o‘ldirish uchun Eron o‘zbekistonliklarni yollagani aytilmoqda

Birlashgan Arab Amirliklarida bedarak yo‘qolgan isroillik ravvin Zvi Koganning jasadi topilgandi. Isroil rasmiylari ushbu qotillik bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolarini gumon qilmoqda. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Yahudiy rasmiylariga ko‘ra, Eron tomonidan yollangan bir guruh o‘zbekistonliklar ravvinga hujum qilgan. Shundan so‘ng ular Turkiyaga qochib ketgan. Hozirda yuqori lavozimli davlat va din arboblari voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qotillarni qo‘lga olish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanishga va’da bergan. “Ulardan birortasi ham omon qolmaydi”, degan u.

Isroil prezidenti Isxak Gersog voqeani “dahshat va g‘azab bilan” qabul qilganini bildirib, X platformasida quyidagilarni yozgan:

Gersog, shuningdek, BAA rasmiylariga tezkor choralari uchun minnatdorlik bildirib, qotillarni javobgarlikka tortish uchun barcha choralar ko‘rilishiga ishonishini aytgan.

Isroillik ravvinning o‘limi: nimalar ma’lum?

Birlashgan Arab Amirliklarida 21-noyabr kuni isroillik ravvin Zvi Kogan bedarak yo‘qoldi. 24-noyabr kuni maxsus xizmat va xavfsizlik organlari uning jasadini topdi. Marhum Isroil va Moldova fuqaroligiga ega bo‘lib, yahudiylarning “Xobod” diniy harakatida faoliyat yuritgan va uning Abu Dabidagi vakili bo‘lgan. Isroil hukumati ravvinni Eron razvedkasi kuzatgani haqidagi ma’lumotlarga egaligini da’vo qilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!