menu
Andijon va Jizzaxda gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanish holatlarini rasmiylashtirmaslikni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Andijon va Jizzaxda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlarini rasmiylashtirmaslikni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahri elektr tarmoqlari korxonasi “Bobur” bo‘limi energiya sotish guruhi muhandisi X.K. “M.F.” MCHJning 20 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga ETK “Bobur” bo‘limi binosi oldida MCHJ rahbaridan 600 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sharof Rashidov tumani gaz taʼminoti bo‘limi mahallada ishlash xizmati gazchisi M.Sh. Nurliyo‘l ko‘chasida yashovchi B.Q.ga xonadonidagi gaz hisoblash uskunasidan abonent raqamisiz foydalanilganligi holati bo‘yicha 17,5 mln so‘m qarzdorlik hisoblanishini aytib, ushbu qarzdorlikni yo‘q qilib berishi evaziga 2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!