Yangiliklar
Qozog‘iston aviakompaniyasi Turkiston-Samarqand yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi .
Parvozlar haftasiga 2 marta (juma, yakshanba) Bombardier DHC 8-Q400 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Rossiyadan gaz olish hajmini to‘rt baravar oshiradi – OAV .
Ta’minotni oshirish shimoliy magistral gaz quvurlari tizimini modernizatsiya qilish hisobiga rejalashtirilgan, buning uchun 500 million dollar yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘rinni egalladi .
O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Berbok RFni Ukrainadagi urushni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri hamkasbi Lavrovga Braziliyada bo‘lib o‘tgan G20 tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida murojaat qildi. U, shuningdek, G‘azo sektorida gumanitar pauza qilishga chaqirdi.
O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlikda qo‘shma loyihani amalga oshirmoqchi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari onlayn muzokaralar chog‘ida bo‘lajak siyosiy muloqotlar jadvalini muhokama qildi.
Hisobot: Ukrainadagi urush dunyoda mojarolarning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Ukrainadagi urush butun dunyo bo‘ylab boshqa mojarolarni ikkinchi o‘ringa surib qo‘ydi va G‘arbning bunga munosabati Global Janubdagi mamlakatlarning umidsizlikka tushishiga olib kelmoqda.
NATO bosh kotibi: Navalniyning o‘limi - Kiyevga yordamni oshirish uchun sabab.
Yyens Stoltenberg fikricha, Rossiya jang maydonida g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Uning fikricha, Navalniy xotirasiga hurmat bajo keltirishning eng yaxshi yo‘li - Ukrainaga yordamni kengaytirish.
Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4 mlrd dollardan oshdi.
Qozog‘istonning «Kazinform» xalqaro axborot agentligi O‘zbekistonga bag‘ishlangan turkum maqolalarni e’lon qildi.
Yuk va yo‘lovchi tashishda avtotransportga yo‘l varaqalari elektron yuritiladi.
“Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yo‘l varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
23 fevral kuni biroz yomg‘ir va qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin .
«O‘zgidromet» 23 fevral, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Shols hali ham Kiyevga TAURUS'ni yetkazib berishga qarshi chiqmoqda.
Germaniya kansleri Ukrainaga TAURUS qanotli raketalarini emas, balki uzoq masofali qurol tizimlarini yetkazib berish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Lukashenko patrullarni o‘qotar qurol bilan ta’minlashni buyurdi.
Militsiya patrullari fuqarolar o‘zini «xavfsiz his qilishi» uchun o‘qotar qurollarni olib yurishi kerak, dedi Belarus rahbari xavfsizlik kuchlari bilan uchrashuvda.
Mubashshir Ahmad Turkiyada ozodlikka chiqdi.
Azon Global axborot tahliliy portali asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 2023 yilning 28 dekabridan buyon Turkiyada hibsda qolayotgani ma’lum bo‘ldi. Bugun u ozod qilingan.
YeChL. «Barselona» Neapolda durang o‘ynadi, «Arsenal» «Portu»dan 90+4-daqiqada to‘p o‘tkazib yubordi.
Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final dastlabki bahslari doirasida so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Afg‘onistonda temiryo‘l liniyasini tiklash uchun 120 nafar o‘zbekistonlik xodim safarbar qilindi.
“Hayraton” stansiyasida “O‘zbekiston temiryo‘llari” hamda Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi vakillari ishtirokida Hayraton - Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlashga bag‘ishlangan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonga 2023 yilda qancha turist kelgani ma’lum qilindi.
2023 yilning yanvar-dekabr oylarida 6,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.