Yangiliklar
OAVning ro‘yxatga olish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish muddati qisqarmoqda.
Prezident tomonidan “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risi...
“Bu bolaning konstitutsiyada kafolatlangan shaxsiy daxlsizlik huquqiga tahdid soladi” – Bolalar ombudsmani Navoiydagi holatni o‘rganmoqda.
Bolalar ombudsmani Navoiydagi maktabda kuzatilgan holat – dars mashg‘ulotlari payti maktab o‘quvchilarini olib chiqib, sochini oldirgan mas’ullarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi zarur, deb hisoblamoqda.
O‘zbekiston va Ispaniya mis sanoatini rivojlantirishda hamkorlik qilishni boshlaydi.
Madrid shahrida tog‘-kon va mis sanoatini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Turkmanistonda joylashgan Sultonsanjar to‘g‘oni rekonstruksiyasida qatnashmoqda.
News Central Asia axborot agentligi (Turkmaniston) o‘quvchilar e’tiborini O‘zbekiston bilan hamkorlikda tuzilgan suv masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya ishiga qaratdi.
O‘zbekiston va Eron o‘zaro savdoni 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Tehron shahrida Eron-O‘zbekiston qo‘shma savdo palatasi raisi bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish yo‘nalishlari kelishib olindi.
Ispaniyada ko‘p qavatli uyda yong‘in: to‘rt kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan.
Yong‘in bu qadar tez va oson tarqalishiga bino fasadi penoplastli material bilan qoplangani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
London Rossiya hujumining ikki yilligi munosabati bilan sanksiyalar kiritdi.
Minerallar va qurol yetkazib berish bilan bog‘liq Rossiya kompaniyalari Britaniyaning yangi cheklovlariga duchor bo‘ladi.
Nega o‘chirg‘ich 2 xil rangda, tangalarda “tish” hamda klaviaturada bo‘rtmalar bo‘ladi? Turli buyumlardagi biz bilmagan qulayliklar.
Biz hayotimiz davomida har kuni juda ko‘p narsa va buyumlarni ulardan noto‘g‘ri foydalanayotganimizni bilmasdan ishlatamiz. Agar ular to‘g‘ri ishlatilsa, biz ilgari duch kelgan yoki endi duch keladigan ayrim kichik muammolarni osongina hal qilishi mumkin....
Rossiyada yo‘lovchilar paroli va kartasi bo‘yicha ma’lumotni yig‘ish boshlanishi mumkin.
Transport vazirligi 1 sentabrdan boshlab yo‘lovchilarning parollari va bank kartalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha buyruq tayyorladi.
O‘zbekistonga yanvarda tijorat maqsadida qancha chet el fuqarosi kelgani ma’lum qilindi.
2024 yilning yanvar oyida jami 9 197 nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Yonilg‘i sarfi yuqori bo‘lgan eski samolyotlar sotilib, zamonaviy va tejamkor havo kemalari olib kelinadi.
Shavkat Mirziyoyev aviatsiya sohasidagi davlat korxonalari transformatsiyasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallab turibdi.
23 fevralda Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Toshkentda nosoz svetofor sabab haydovchiga kelgan jarima bekor qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda nosoz svetofor sabab haydovchiga jarima kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan izoh berdi.
O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi.
Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun, 8 mart kuni esa besh kunlik ish haftasi ishchilari 3 kun dam oladi.
O‘zbekistonda aholini chang bo‘roni va havo ifloslanishidan ogohlantirish boshlanadi.
1 martdan aholini chang bo‘roni va havo ifloslanishidan ogohlantirishni boshlash rejalashtirilmoqda. Qurilish obektlarida chang va qum zarrachalari havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etiladi.
Toshkentda avtomobillar harakatini qisqartirishga qaratilgan loyiha o‘tkaziladi .
Toshkent shahrida har oyda bir marta o‘tkaziladigan «Avtomobilsiz kun» loyihasi tasdiqlandi. Davlat organlari rahbarlari va xodimlariga ishga jamoat transportida kelish orqali namuna ko‘rsatish topshirildi.