Yangiliklar
AQSh Rossiyaga qarshi eng jiddiy sanksiyalarni joriy etishdan qochadi - OAV.
Qo‘shma Shtatlar sanksiyalar ortidan o‘z iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jiddiy zarbalardan qo‘rqishi ta’kidlanmoqda.
O‘zbekistonda yanvar oyida 15 657 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi.
2024 yil yanvar oyida O‘zbekistonda 15 657 ta yengil avtomobil (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi halok bo‘ldi.
Haydovchi Nexia-3’da yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib ro‘paradan kelayotgan Kamaz bilan to‘qnashgan.
Viloyatlarga 900 ta avtobus, tirbandlik uchun “Aqlli boshqaruv” va metroga yangi poyezdlar – jamoat transportida nimalar o‘zgaradi?.
2024 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, Toshkent metropoliteni uchun 11 ta poyezd xarid qilinadi. Yil davomida “O‘zbekiston temiryo‘llari” uchun 30 ta zamonaviy yo‘lovchi vagon ishlab chiqarish ham rejalashtirilmoqda.
Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Dehqonobodga 4 oy hokimlik qilgan Akrom Sulaymonov lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Ko‘kdala tumani IIB boshlig‘i tuman hokimi etib tayinlandi.
Amudaryoda ponton ko‘prikning bir qismi quladi.
Ko‘prikda ta’mirlash ishlari bajarilib, yaroqli holga keltirilgani ta’kidlanmoqda.
Energetikada tarif islohoti loyihasini ishlab chiqish uchun yangi muhlat belgilandi.
2024 yil may oyiga qadar neft, gaz va elektr energetika sohalarida tarif islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Bu – 2024 yilgi davlat dasturida belgilandi.
Isroilning G‘azo bo‘yicha urushdan keyingi rejalari, samolyotlaridan ayrilgan Rossiya – kun dayjesti.
Dunyoda sodir bo‘layotgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning muxtasar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtirishda davom etamiz.
Intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Sanoat mulki huquqlarini buzganlik uchun BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha jarima undirish mexanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Pentagon Ukrainaga qurol yetkazib berishda firibgarlik va o‘g‘rilik bo‘yicha 50 ta ish ochdi.
Gap xaridlardagi firibgarlik, o‘g‘irlik, mahsulotni almashtirish va korrupsiya haqida bormoqda, ammo hali ayblovlar tasdiqlanmadi.
Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi killer tomonidan adashib o‘ldirilgani aniqlandi.
Qotil advokatni o‘ldirmoqchi bo‘lgan, ammo adashib, uning haydovchisini otib tashlagan.
Qashqadaryoda tiktoker 10 sutkaga qamaldi.
U mayda bezorilik va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatishda aybdor deb topilgan.
“Maqsadim pul emas, bolalarga yordam berish” – gapirish va eshitishda nuqsoni bor bolalar uchun robotlar yasayotgan o‘zbek yigiti.
Nutqida va eshitishda nuqsoni bolalarga yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilgan Nodir Kamolov tili chuchuk bolalarning gapirishiga yordam beruvchi robotlar seriyasini kashf qilgan. Biroq yosh ixtirochi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston sharoitida...
«Verstka» Rossiya armiyasidagi sudsiz jazolash holatlari haqida ma’lumot berdi.
Ukrainada jang qilayotgan Rossiya armiyasida qiynoqlar va sudsiz jazolash muammosi tobora keskinlashib bormoqda, deydi ko‘plab harbiy guvohlar jurnalistlarga.
Misr O‘zbekiston paxtasi va ip-kalavasini xarid qilmoqchi.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Mirmuhsin Sultonov va Misrning JQSWAQ kompaniyasi bosh direktori Mansur G‘afri o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Italiya O‘zbekiston bilan energetika loyihalarida hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning yirik elektr tarmoqlari operatori – ENEL kompaniyasi vakillari bilan muzokara o‘tkazdi.