menu
Amudaryoda ponton ko‘prikning bir qismi quladi.
Ko‘prikda ta’mirlash ishlari bajarilib, yaroqli holga keltirilgani ta’kidlanmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Amudaryo ustiga o‘rnatilgan ponton ko‘prikning bir qismi qulab tushdi. Shu haqdagi videolavha ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.

Amudaryo tumani hokimligi xabariga ko‘ra, tasvirlar Jumurtov ponton ko‘prigi haqida bo‘lib, daryoda katta muz harsanglar yig‘ilishi oqibatida ko‘prikning bir qismi yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ko‘prikda ta’mirlash ishlari bajarilib, yaroqli holga keltirilgan va ishga tushirilgani ta’kidlanmoqda.

 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!