menu
Zaporijjya oblastida ukrain harbiylari dron yig‘moqda, Belgorod va Donetsk yana o‘qqa tutildi. Urush suratlari.
Ukrainadagi urushning 755-kuni o‘tdi.

Ukrainadagi urushning 755-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

Ukrain harbiylari Zaporijja oblastidagi poligonda dronlarni yig‘moqda

Ukrainadagi urush — raqiblar uchuvchisiz uchar apparatlarni bu qadar faollik bilan qo‘llayotgan tarixdagi ilk qurolli mojaro bo‘lmoqda. Rossiya qo‘shini Ukraina hududini kamikadze-dronlar bilan tinimsiz o‘qqa tutadi, o‘z navbatida RFning turli regionlaridan ham deyarli har kuni dronlar zarbasi haqida xabarlar kelmoqda, jumladan, neftni qayta ishlash zavodlari hamda harbiy aviabazalar hujumga uchramoqda (Ukraina hukumati bu xabarlar yuzasidan rasman izoh bermaydi). Jang maydonida ikki tomon ham operatorlarga manzarani birinchi shaxs bo‘lib ko‘rish imkonini beruvchi FPV-dronlardan foydalanmoqda, ular portlovchi moddalar olib yurishi ham mumkin.

Ukrain artilleriyachilarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari

Ukraina qurolli kuchlari urushning hozirgi bosqichida artilleriya uchun o‘q-dorilar taqchilligi muammosiga uchradi. G‘arbdagi hamkorlar hozircha snaryadlar yetkazib berish bo‘yicha va’dalarini to‘liq bajara olmayapti. Dronlar esa hozircha artilleriyaning o‘rnini bosa olmaydi.

Belgorod oblasti o‘qqa tutilishi oqibatlari

So‘nggi haftalarda Belgorod oblasti rasmiylari bir necha bor hudud kun davomida bir necha martadan o‘qqa tutilganini xabar qildi, RF mudofaa vazirligi esa region ustida harakatlangan dronlar to‘xtatilgani va raketalar urib tushirilgani haqida hisobot bergan. 19 mart kuni region rahbari Vyacheslav Gladkov bir hafta davomida Belgorod oblastida tinch aholi vakillari bo‘lgan 16 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. 20 mart kuni Belgorod navbatdagi marta o‘qqa tutilishi oqibatida yana bir kishi halok bo‘ldi.

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan DXR rasmiylari nazoratidagi Donetsk shahri har kuni o‘qqa tutiladi. 19 mart kuni mahalliy rasmiylar shaharning Petrovskiy rayonida uch kishi, shuningdek Horlivka shahrida ikki kishi jarohatlanganini ma’lum qilgandi. Hudud rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Donetskda to‘qqizta turar joy binosi shikastlangan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!