menu
Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgani ma’lum qilindi.
O‘zgidrometga ko‘ra, aeroportda katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Havo bandargohi 2023 yil sentyarda foydalanishga topshirilgan edi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 18:24 735 1 daqiqa o‘qiladi Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgani ma’lum qilindi

O‘zgidrometga ko‘ra, aeroportda katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Havo bandargohi 2023 yil sentyarda foydalanishga topshirilgan edi.

Foto: Uzbekistan Airports

Zomin aeroporti hozirgi kunda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatib turibdi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet.

Qayd etilishicha, aeroportda katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ikkinchi bosqich ta’mirlash va qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

«Shu bilan birga, meteorologik qurilmalarni ham modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz», — deyiladi xabarda.

Ishlar qachon yakunlanishi ma’lum qilinmagan. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatidagi Zomin aeroporti 2023 yilning sentabrida foydalanishga topshirilgandi. Aeroport 30 o‘ringa mo‘ljallangan yo‘lovchi terminaliga ega bo‘lib, qurish uchun 60 gektar yer maydoni ajratilgan. Joriy yil iyunida esa Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Airbus A320 samolyotida Jizzax viloyatining Zomin aeroportiga sinov parvozini amalga oshirgan edi.

19:37 / 19.12.2024

13:24 / 16.12.2024

13:21 / 16.12.2024

00:04 / 03.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!