qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 19:22 1533 3 daqiqa o‘qiladi Turkiyadagi kurortda chiqqan yong‘in qurbonlari soni oshmoqdaSeshanbaga o‘tar kechasi Turkiyaning Bolu viloyatidagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada yong‘in ro‘y berdi. Olov qisqa muddat ichida butun binoni qamrab olgan. Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 66 kishi halok bo‘lib, 51 kishi jarohatlangan. Jabrlanganlarning bir qismi - og‘ir ahvolda qolmoqda.
Foto: Getty Images
12 qavatli Grand Kartal mehmonxonasidagi yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 03:27 da boshlangan. Shu kunlarda Turkiyadagi maktablar ikki haftalik ta’tilga chiqqan va bu davr tog‘-chang‘i mavsumining avj pallasi hisoblanadi, shu tufayli mehmoxonada shu kuni 234 kishi tunagan.
Mehmonxona binosi yog‘ochdan qurilgani sababli, olov tez tarqalgan. Yong‘inni o‘chirish ishlariga 200 dan ortiq qutqaruvchilar ishtirok jalb etilgan.
Bolu gubernatori Abdulaziz Aydin dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in mehmonxonaning to‘rtinchi qavatidagi restoranlar hududida chiqqan va yuqori qavatlarga tarqalgan. Mehmonxona Bolu markazidan ancha uzoqda joylashgan. Natijada o‘t o‘chiruvchilar noqulay ob-havo sharoitida voqea joyiga yetib borishi uchun bir soatdan ortiq vaqt ketgan.
Qutqaruv ishlari tongda ham davom ettirilgan va ertalabki xabarlarda qutqaruvchilar hamon mehmonxonaning ayrim nuqtalariga yetib borishga urinayotgani aytilgandi.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, kamida ikki kishi mehmonxona derazalaridan sakrab halok bo‘lgan. Ayrimlar choyshabdan qilingan arqonlar yordamida derazadan chiqishga uringan.
Chang‘i instruktori Nejmi Kepchetutan mahalliy televideniyega mehmonxonani yaxshi bilgani tufayli omon qolgani, uning yo‘laklari bilan yaxshi tanish bo‘lmagan mijozlarning esa omadi kelmaganini aytib o‘tgan.
«Odamlar derazalardan qarab: „Bizni qutqaring“ deya qichqirishdi, chunki ichkarini kuchli tutun qoplagandi. Biz 20-25 kishini olib chiqdik», — degan u NTV telekanaliga.
Yong‘in sabablari hozircha noma’lum. Adliya vaziri Yilmaz Tunch maxsus komissiya ekspertlari hodisa sabablarini o‘rganayotgani, tekshiruv ishlariga prokuratura xodimlari ham jalb etilganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, mehmonxona egasi va yana uch-to‘rt kishi hibsga olingan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
Kartalkaya tog‘-chang‘i kurorti Istanbuldan taxminan 270 kilometr uzoqlikda bo‘lib, Keroglu tog‘lari hududida joylashgan mashhur dam olish maskani sanaladi.
14:03
13:24
13:45 / 19.01.2025
22:24 / 18.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment