menu
APL. “Arsenal” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni tor-mor etdi
Abduqodir Husanov uchrashuvni zaxiradan kuzatdi

Angliya premyer-ligasining 24-turidan o‘rin olgan “Arsenal” – “Manchester Siti” uchrashuvi bugun, 2-fevral kuni o‘tkazildi. 

Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. Akanjining xatosidan so‘ng Martin Edegor 2-daqiqada hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda har ikki jamoa ham bir qator vaziyatlarga ega bo‘ldi. Biroq ularning hech biridan naf chiqmadi.

Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan “shaharliklar” 55-daqiqaga kelib maqsadlariga yetdi. Holand bosh bilan “kanonirlar” darvozasini ishg‘ol etdi. Ammo oradan 1 daqiqa o‘tar-o‘tmas bu safar Foden xato qildi. To‘p Parteyga kelib tushdi, Tomasning zarbasi Stounzga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. 

Shundan so‘ng “to‘pchilar”ning ishtahasi ochilib ketdi. 62-daqiqada Lyuis-Skelli oradagi farqni ikkita oshirgan bo‘lsa, 76-daqiqaga kelib Havers hisobni yiriklashtirdi. 90+3-daqiqada esa Nvaneri hisobni sharmandali ko‘rinishga keltirdi.

O‘zbekistonlik yosh himoyachi Abduqodir Husanov maydonga tushirilmadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!