menu
Amerikalik sobiq jahon chempioni Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi ishtirokini keskin tanqid qildi
Uning fikricha, professional faoliyatni boshlagan bokschilar Olimpiada ishtirok etmasligi kerak

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari kumush medali sovrindori, amerikalik Shakur Stivenson professional bokschilarning Olimpiadadagi chiqishiga qarshi chiqdi.

2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi birdaniga beshta oltin medalni qo‘lga kiritib, boks bo‘yicha musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Musobaqada ishtirokchilarining 4 nafari, jumladan, terma jamoa yetakchisi Bahodir Jalolov ham professional boksda ishtirok etadi.

Sobiq jahon chempioni professional boksda ishtirok etayotgan sportchilarning Olimpiadada ishtirok etishini yaxshi tajriba emasligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Parijda oltin medalni qo‘lga kiritgach, Ikki karra Olimpiada g‘olibi Bahodir Jalolov havaskor boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi va bundan keyin bor e’tiborni professional boksga qaratmoqchi ekanini aytdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!