menu
NATO bosh kotibi urushga tayyorlanishga chaqirdi 
Germaniyadan mudofaa xarajatlarini oshirish, ko‘proq qurol-yarog‘ ishlab chiqarish so‘raldi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Germaniyani mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish va qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirdi. U alyans ehtimoliy urushga tayyorlanishi kerakligini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Alyans bosh kotibi Germaniyaning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish borasidagi harakatlarini alohida ta’kidladi. NATOga a’zo bo‘lgan hech bir Yevropa davlati Kiyevni Berlinchalik qo‘llab-quvvatlamaydi, dedi u.

Rossiya va Xitoydan “tahdid”

NATO bosh kotibi mudofaa xarajatlarini oshirish yaqin oylarda ko‘plab Yevropa mamlakatlarida munozara mavzusiga aylanishini aytdi. U o‘z chaqirig‘ini, Rossiya tomonidan tahdid bilan izohladi.

Ryutte xavfli vaziyat Xitoy bilan ham yuzaga kelayotgani, chunki Pekin o‘z harbiy salohiyatini oshirayotganini ta‘kidladi.

Tramp mudofaa xarajatlarini YIMning 5 foizigacha oshirishga chaqirdi

Yanvar oyi boshida AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp NATO davlatlari yillik mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirishi kerakligini aytgandi. U Vashingtonning alyansning jamoaviy himoya tizimidagi ishtirokini to‘xtatish bilan tahdid qilgan.

Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas va Yevropa Ittifoqi kengashida raislik qilayotgan Polsha bosh vaziri Donald Tusk bu chaqiriqni qo‘llab-quvvatlagan. Tramp birinchi prezidentlik davrida Yevropa davlatlaridan mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2 foizigacha oshirishni talab qilgandi.

Germaniya ikki foizlik maqsadni amalga oshirdi, ammo Yevropa ittifoqining yettita davlati hali ham bu ko‘rsatkichga erisha olmadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!