qarashlar
Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi direktor o‘rinbosari Sher Abbos Stanikzay hukumatni afg‘on ayollari va qizlarining ta’lim olishiga qo‘yilgan taqiqlarni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda CBS xabar berdi.
Amaldor diniy maktabdagi marosimda to‘planganlarga ayollar va qizlarning ta’lim olishini taqiqlashga hech qanday sabab yo‘qligini aytdi. “Tolibon” yetakchisi qizlarga oltinchi sinfdan keyin ta’lim olishni taqiqlagan. O‘tgan yilning sentyabr oyida esa hukumat ayollar uchun tibbiy ta’lim va kurslarni ham to‘xtatgan.
Afg‘onistonda ayol va qizlar faqat ayol shifokorlar hamda tibbiyot xodimlarida davolanishi mumkin.
Bu uning ayollar va qizlar ta’lim olishga loyiqligini birinchi marta aytishi emas. U shunga o‘xshash fikrlarni 2022-yil sentyabrida, qizlar uchun maktablar yopilganidan bir yil o‘tib va universitetlarda o‘qish taqiqlanishidan bir necha oy oldin ham bildirgandi.
“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, xotin-qizlarga nisbatan ko‘plab cheklovlar joriy etildi. Taqiqlar tufayli ayollar va qizlar ta’lim olish, ishlash, sport, sayohat qilish va dam olish huquqidan mahrum qilindi.
Afg‘onistonda ayollarga nisbatan joriy qilingan ayrim taqiqlar quyidagilar:
Kanada, Avstraliya, Germaniya va Niderlandiya ayollar diskriminatsiyasi tufayli Xalqaro sudga “Tolibon” ustidan da’vo arizasi bilan murojaat qilmoqchi.
Comments
0 comment