qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 19:13 1477 2 daqiqa o‘qiladi Qozog‘istondan yerosti quvuri orqali O‘zbekistonga benzin tashigan shaxslar ushlandiUlar AI-92 benzinini Sariyog‘ochdan Qibray tumani hududiga yer ostidan o‘tkazilgan taxminan 300 metr uzunlikdagi quvur ichiga shlang joylashtirish orqali tashib kelgan.
Qozog‘istondan yer ostidan o‘tkazilgan quvur orqali benzin tashigan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbirlar davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi 39 yoshli M.M. va 28 yoshli X.X. Qozog‘iston fuqarosi A.K. bilan o‘zaro til biriktirib, qo‘shni davlatdan mamlakat hududiga noqonuniy yo‘llar bilan AI-92 markali benzin yonilg‘isini o‘tkazish va sotish bilan shug‘ullangani aniqlangan.
Ular ushbu noqonuniy ishni Turkiston viloyatining Sariyog‘och tumani hududidan Toshkent viloyatining Qibray tumani hududiga yer ostidan o‘tkazilgan taxminan 300 metr uzunlikdagi quvur ichiga shlang joylashtirish orqali amalga oshirishgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Qozog‘iston fuqarosi A.Kga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha qo‘shni davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xabardor qilindi», — deyiladi xabarda.
17:06 / 20.01.2025
18:06 / 19.01.2025
00:18 / 18.01.2025
23:29 / 16.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment