qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 15:49 61 2 daqiqa o‘qiladi O‘zbekistonda birinchi o‘zbek-fransuz tibbiyot forumi tashkil etiladiO‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Parij shahrining Milliy tibbiyot akademiyasi prezidenti Jan-Noel Fissinger bilan uchrashdi.
Foto: "Dunyo" AA
Muloqot davomida suhbatdoshlarga davlat rahbari tomonidan sog‘liqni saqlash sohasini tubdan isloh qilish va xalqaro tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, so‘nggi yillarda Fransiya bilan sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik ancha faollashgani va ushbu yo‘nalishda yangi loyihalarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Parij Milliy tibbiyot akademiyasi prezidenti O‘zbekiston bilan pediatriya, ginekologiya, gematologiya, onkologiya, kardiologiya, endokrinologiya, oftalmologiya va boshqa sohalarni takomillashtirish borasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Fransiya tomoni Akademiya ko‘plab mamlakatlar bilan fransuz professorlari, doktorlari va olimlari ishtirokida vebinarlarni faol ravishda tashkil etayotganini ma’lum qildi hamda ushbu masala yuzasidan O‘zbekistonning tibbiyot muassasalari, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat yakunida, Jan-Noel Fissinger 2025 yilning aprel-may oylarida O‘zbekistonda birinchi o‘zbek-fransuz tibbiyot forumini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘mak berishi va unda faol ishtirok etishini ta’kidlab o‘tdi.
21:32 / 20.01.2025
19:58 / 16.01.2025
16:11 / 16.01.2025
08:39 / 16.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment