qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Iqtisodiyot | 18:08 638 2 daqiqa o‘qiladi O‘zbekiston 2024 yilda gaz importini 2,4 barobarga oshirdiO‘zbekiston 2024 yil davomida Rossiya va Turkmanistondan 1,7 mlrd dollarlik gaz sotib oldi. Bu – 2023 yilga nisbatan 2,4 barobarga, 2022 yilga nisbatan 6 barobarga ko‘p. O‘tgan yili, shuningdek, gaz eksporti qiymat jihatdan 18 foizga oshib, 628 mln dollarga yetgan.
Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg
O‘zbekiston 2024 yilda 628 mln dollarlik gaz eksport qilib, bundan 2,5 barobar ko‘p – 1,68 mlrd dollarlik gaz import qildi. Bu Statistika agentligi e’lon qilgan hisobotdan ma’lum bo‘lmoqda.
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonning gaz importi bir yil ichida qiymat jihatdan 2,4 barobarga oshgan. 2023 yilda Turkmaniston va Rossiyadan 694,9 mln dollarlik gaz sotib olingan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 1,68 mlrd dollarga yetgan.
2024 yildagi zangori yoqilg‘i importini 2022 yil (281,9 mln dollar) bilan taqqoslaganda, o‘sish 6 barobarni tashkil etadi.
O‘tgan yili gaz eksporti ham oshgan. 2023 yilda xorijga 529,9 mln dollarlik gaz yetkazib berilgan bo‘lsa, 2024 yilda eksport qiymati 18,4 foizga oshib, 627,6 mln dollarni tashkil etdi. Eksport o‘tgan yili iyun oyidan boshlab keskin faollashgan.
Gaz eksporti va importi qiymatlari o‘rtasidagi manfiy farq 985,1 mln dollarga teng bo‘ldi.
O‘zbekiston ilk marta tabiiy gazning netto importchisiga aylangan 2023 yilda ushbu farq 165 mln dollar bo‘lgandi.
2024 yilning dekabr oyida 34,2 mln dollarlik yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 67 foizga ko‘p gaz eksport qilingan. Yilning so‘nggi oyida 127,9 mln dollarlik gaz import qilingan bo‘lib, bu 2023 yilning dekabriga nisbatan 3,3 foizga kam.
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
08:10 / 07.12.2024
15:25 / 06.12.2024
10:53 / 06.12.2024
08:50 / 06.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment