qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 17:13 348 2 daqiqa o‘qiladi Belarus elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqdaTashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda o‘zining diplomatik missiyasini yakunlayotgan Belarus elchisini qabul qildi.
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Belarus elchisi Leonid Marinichni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
«Belarusning mamlakatimizdagi elchisi Leonid Marinich janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikning barcha sohalarda rivojlanayotganini ta’kidladik. Shu bilan birga, o‘zaro aloqalarni kengaytirish yo‘lida hali katta salohiyat mavjud. Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan janob elchiga yillar davomida davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», — deb yozadi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Leonid Marinich Belarusning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib 2018 yilda tayinlangan edi. O‘sha yilning martida TIV rahbari lavozimida ishlagan Abdulaziz Komilov ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgandi.
Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘izistonning yangi tayinlangan elchisi Duyshonkul Chotonovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
11:45 / 14.01.2025
15:24 / 23.12.2024
09:50 / 13.12.2024
16:39 / 02.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment