menu
Apple yana dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
Apple brendining qiymati o‘tgan bir yil ichida 11 foizga - 574,5 mlrd dollargacha oshgan. Shuningdek, ro‘yxatning eng yuqori pog‘onalaridan Microsoft, Google, Amazon va Walmart ham o‘rin olgan.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 18:36 265 2 daqiqa o‘qiladi Apple yana dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

Apple brendining qiymati o‘tgan bir yil ichida 11 foizga - 574,5 mlrd dollargacha oshgan. Shuningdek, ro‘yxatning eng yuqori pog‘onalaridan Microsoft, Google, Amazon va Walmart ham o‘rin olgan.

Foto: Bloomberg

Apple ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng qimmat brendiga aylandi. Bu haqda Brand Finance Global 500 ro‘yxatida so‘z boradi.

Apple brendining qiymati bir yil ichida 11 foizga — 574,5 milliard dollargacha qimmatlashgan.

Reytingda ikkinchi o‘rinni 35 foizlik o‘sish bilan (461,1 milliard dollar) yana Microsoft egalladi. Undan keyingi pog‘onalarni Google (+24 foiz, 413 milliard dollargacha) hamda Amazon (+15 foiz, 356,4 milliard dollargacha) band etgan.

Walmart brendi esa oltinchi o‘rindan beshinchiga ko‘tarildi — yil davomida uning qiymati 42 foizga oshgan (137,2 milliard dollargacha).

Dunyoning eng qimmat brendlari qatoridan Samsung (110,6 milliard dollar), TikTok (105,8 milliard dollar), Facebook (91,5 milliard dollar), Nvidia (87,9 milliard dollar) va State Grid Corporation of China (85,6 milliard dollar) o‘rin olgan. Ta’kidlanishicha, Nvidia brendi qiymati bir yil ichida qariyb ikki baravarga ko‘tarilgan.

Yevropadagi eng qimmat brend deya Deutsche Telecom tan olingan — u 85,3 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan umumiy reytingda 11-pog‘onani band etgan. Yapon brendlariga Toyota yetakchilik qilgan — umumiy ro‘yxatda 18-o‘rin (+23 foiz, 64,7 milliard dollar).

Top-500 ro‘yxatdan Amerikaning 193 ta brendi, Xitoyning — 69 ta, Germaniyaning — 27 ta brendi o‘rin olgan. Dunyodagi eng qimmat 500 ta brendning umumiy qiymati o‘tgan yilda 10 foizga, qariyb 9,5 trillion dollargacha oshgan.

17:40 / 20.01.2025

00:50 / 18.01.2025

11:16 / 17.01.2025

19:37 / 12.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!