qarashlar
Xitoyda tug‘ilish darajasini oshirish kampaniyasi boshlandi, u nikohni rag‘batlantirish va oilalarda bolalar sonini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lib, turli jabhalarni qamrab oladi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Mahalliy hokimiyat organlari turmush qurgan ayollarga qo‘ng‘iroq qilib, ularning farzand ko‘rish rejalari bilan qiziqmoqda. Ayollar salomatligini tekshirish uchun ular konsultatsiyalarga taklif qilinadi. Bir yoki undan ortiq bolasi bor oilalar uchun yana bir bola tug‘ilishini rag‘batlantiruvchi maxsus nafaqalar nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, Xitoydagi universitetlar nikoh va sevgi masalalariga bag‘ishlangan maxsus kurslarni joriy etishi shart. Ushbu kurslar yolg‘iz talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga kelajakda mamlakatda tug‘ilish darajasining oshishiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan munosabatlarni o‘rnatishda yordam beradi.
2035-yilga kelib Xitoy iqtisodiy va demografik qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Bu Fushun shahridagi vaziyatdan ko‘rinib turibdi. Jurnalistlar shaharda yoshlar soni kamayib, keksalar ulushi ortib borayotganiga e’tibor qaratdi.
Biroq, mutaxassislar tug‘ilish darajasini oshirish bo‘yicha rasmiy choralar yoshlarni oila qurishga undashiga shubha bilan qaramoqda. Chunki ishsizlikning ko‘payishi va iqtisodiy o‘sish sekinligi tufayli bunga erishish qiyin kechadi.
Comments
0 comment