qarashlar
NATO bosh kotibi Mark Ryutte agar Ukraina Rossiya bilan mojaroda mag‘lub bo‘lsa, Shimoliy Atlantika alyansi mudofaasini kuchaytirish uchun “qo‘shimcha trillionlar” sarflashga majbur bo‘lishini bildirdi.
U “barqaror tinchlik”ka erishish maqsadida muzokaralar boshlanishidan oldin Kiyevning mavqeyini mustahkamlash NATOning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidladi.
Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, “bu milliardlab emas, balki trillionlab qo‘shimcha xarajatlar”ga sabab bo‘ladi.
NATO bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, mudofaa xarajatlarini hali 2 foizga oshirmagan alyans mamlakatlari buni ikki oy ichida amalga oshirishi kerak. 2024-yilning oxirida Shimoliy Atlantika alyansining 32 a’zosidan 23 tasi ushbu ko‘rsatkichga erishgan. Shu bilan birga, AQSH prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishishidan oldin ham maqsadli ko‘rsatkichni yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga yetkazishga chaqirgan.
Joriy yil boshida Zelenskiy Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan voz kechish evaziga NATOga qo‘shilish ssenariysini ko‘rib chiqishi mumkinligini aytgandi.
Prezident aniqlik kiritib, bunday ssenariy faqatgina Ukraina urushni tugatishning diplomatik yo‘lini ko‘rgandagina amalga oshishi mumkinligini aytdi.
Zelenskiy Tramp Rossiya energetikasining bozorga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga qarshi sanksiyalar joriy etish kerakligini ta‘kidladi. Ukraina prezidenti bu, birinchi navbatda, Vashington uchun foydali bo‘lishini aytdi.
♦ Ukraina shartlari
Ukraina qo‘shinlarni 1991-yil chegaralariga olib chiqishni nazarda tutuvchi “tinchlik formulasi”ni amalga oshirishni talab qilmoqda. Gap 2014 va 2022-yillarda Rossiya tomonidan u yerda o‘tkazilgan “referendumlar” va Ukrainaning Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlari noqonuniy anneksiya qilingani haqida ketmoqda. Moskva “tinchlik formulasi” asosida muzokaralar olib borish imkoniyatini istisno qiladi.
♦ Rossiya shartlari
Putin o‘t ochishni to‘xtatish uchun o‘z shartlarini ilgari surdi, jumladan, Ukraina qo‘shinlari o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilingan DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlaridan olib chiqilishi, ushbu to‘rtta hudud va Qrim go‘yoki xalqaro miqyosda Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinishi, Ukrainaning NATOga a’zolikdan voz kechishi va sanksiyalarni olib tashlash. Zelenskiy bu taklifni “ishonib bo‘lmaydigan” ultimatum deb atadi.
Comments
0 comment