qarashlar
AQSH Kolumbiyaga sanksiyalar joriy etishi fonida Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro amerikalik hamkasbi Donald Trampga murojaat qildi. U hamkasbini ochko‘zlik va manmanlikda aybladi.
U amerikalik hamkasbi “ochko‘zligi tufayli insoniyatni yo‘q qilayotgani”ga to‘xtaldi.
Gustavo Petro Kolumbiya yonida quldorlarni ko‘rishni istamasligini qayd etdi.
Kolumbiya va AQSH o‘rtasida migrantlar bo‘yicha keskinlik
Kolumbiya prezidenti deportatsiya qilingan kolumbiyaliklarni tashiyotgan AQSH samolyoti mamlakatga kiritilmasligini aytdi. Tramp bunga javoban Kolumbiya tovarlariga 25 foizlik boj, Kolumbiya amaldorlarining AQSHga kirishini taqiqlash, “viza sanksiyalari” joriy etishini ta’kidladi. U kolumbiyalik hamkasbini “xalqi orasida unchalik mashhur bo‘lmagan” rahbar deb atadi.
Kolumbiya ham AQSHdan keladigan tovarlarga javob bojlarini joriy qilishini bildirdi. Respublika prezidenti Gustavo Petro Amerika tovarlarini mahalliy mahsulotlar bilan almashtirishga chaqirdi. U AQSHdan migrantlarga jinoyatchilarday munosabatda bo‘lmaslikni so‘radi. Sababi migrantlar qo‘lida kishan va harbiy samolyotda deportatsiya qilingan. Endilikda Kolumbiya AQSHdan deportatsiya qilinayotgan fuqarolarini vataniga qaytarish uchun prezident samolyotidan foydalanadi. Migrantlarni qabul qilishga rozilik bergani sababli AQSH bojlar va sanksiyalarning bir qismini bekor qildi.
Comments
0 comment