menu
O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasidagi “Dovud ota” postidan harakatlanish 3 oyga to‘xtatiladi
Faqat vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari harakatlanishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasidagi “Dovud ota” postidan harakatlanish 1-fevraldan boshlab uch oyga to‘xtatiladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu vaqtda ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilishi sabab Qozog‘istonning “Tajen” (O‘zbekistonning “Dovud ota”) chegara o‘tkazish punkti orqali shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Faqat ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining ushbu chegara o‘tkazish punkti orqali harakati uzluksiz davom ettiriladi.

Ushbu chegara o‘tkazish punkti orqali harakatlanuvchi shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari “Yallama”, “Zangiota (Navoiy chegara bojxona posti)”, “Oq oltin” va “Malik” o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlarini so‘raldi.

Jismoniy shaxslar uchun “Qoraqalpog‘iston” temiryo‘l o‘tkazish punkti orqali yo‘lovchi poyezdlari harakatlanadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!