qarashlar
Kino sanoatida har bir rol katta mashhurlik uchun ajoyib imkoniyat kaliti bo‘lishi mumkin. Buni bilgan aktyor va aktrisalar ma’lum obrazni qo‘lga kiritish uchun ba’zida yolg‘on ishlatishga qaror qiladi. Quyidagi shou-biznes vakillari ham o‘z orzusini amalga oshirish uchun hiyla-nayrangdan foydalanishdan hech qachon qo‘rqmagan.
Robert Pattinson
“Sumerki” franshizasidagi mashhur vampir, “Tennet” ilmiy-fantastik blokbasteri yulduzi hamda “Betmen” super qahramoni bilan tanilgan Robert Pattinson bir vaqtlar kino sanoatiga kirib kelishga urinayotgan yosh aktyor edi. Muvaffaqiyatga erishish yo‘lida u ayyorlikdan foydalangan va bu haqda uzoq yillar o‘tib iqror bo‘lgan:
RADA (Royal Academy of Dramatic Art) — Britaniyada joylashgan eng mashhur va nufuzli aktyorlik va drama san’ati akademiyasidir. U dunyodagi eng yaxshi aktyorlik maktablaridan biri sifatida tanilgan.
Pattinsonning baxtiga hech kim uning diplomini va boshqa hujjatlarini tekshirmagan va rolga qabul qilgan.
Mila Kunis
Aktrisa Mila Kunis intervyularining birida “70-yillar shousi” teleserialida Jeki Byurxart rolini ijro etish uchun o‘zining haqiqiy yoshini yashirishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgan. Loyihada ishtirok etish uchun ariza beruvchi aktrisalar 18 yoshdan oshgan bo‘lishi kerak edi, lekin Mila endigina 14 yoshga to‘lgandi.
Bo‘lajak yulduz o‘ziga bir emas, ikki emas, naqd to‘rt yosh qo‘shib olgan edi. Prodyuserlar uning haqiqiy yoshini iste’dodli ekanligidan keyingina bilgan. Shunday qilib, “70-yillar shousi”dagi rol Milaning karyerasidagi boshlang‘ich nuqtaga aylangan.
Eddi Redmeyn
Eddi Redmeyn iste’dodli aktyor bo‘lsa-da, otga minish mahoratidan bexabardir. “Yelizaveta I” teleserialidagi rolga kasting vaqtida rejissyor Tom Huper aktyordan “Otning egaridan tushib ketmasligingizga ishonchingiz komilmi?” deb so‘ragan. Redmeyn imkoniyatni boy berishni istamay, ot minishni bilishiga barchani ishontirgan. Ammo suratga olish maydonchasida uning so‘zlari yolg‘on ekanligi ayon bo‘lgan:
Rejissyor shu vaqtda aktyorga qarata: “Sen g‘irt yolg‘onch ekansan, Redmeyn!” deya xitob qilgan. Shundan so‘ng Eddi darhol ot minish kurslariga yuborilgan.
Xloya Greys Morets
Xloya Greys Morets o‘smirlik vaqtida “Gyugo” filmidagi Izabel rolini olishni juda istagan va rejissyor Martin Skorsezega yolg‘on gapirishga qaror qilgan. Film qahramon britaniyalik bo‘lganligi sababli, aktrisa tinglovga britancha aksent va to‘qima hikoyalari bilan kelgan.
Kris Hemsvort
Bo‘yi 190 santimetr bo‘lgan aktyor Kris Hemsvort kasting paytida ba’zida atayin bo‘yini pastroq aytishga odatlangan edi
Biroq uning baland bo‘yi boshqa filmlar uchun ustunlik berar edi:
Enn Heteuey
Enn Heteuey “Egri tog‘” filmida bosh rolni olish uchun kasting direktorlarini ot mina olishiga ishontirgan.
Aktrisa rejissyorni mohir chavandoz ekanligiga ishontirgan va kastingdan o‘tgach, darhol ot minish kurslariga yozilgan. Biroq suratga olish paytida kutilmaganda ot Ennga quloq solmagan va barcha professional rodeochilar ko‘z o‘ngida yerga uloqtirib yuborgan.
Comments
0 comment