47
qarashlar
qarashlar
Zelenskiy urushning ikki yilligi munosabati bilan Gostomeldan videomurojaat qildi. Aynan Gostomel orqali rus harbiylari Kiyevni bosib olishni rejalashtirgandi
Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinining ikki yilligi munosabati bilan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gostomeldan aholiga videomurojaat qildi. Aynan Gostomel orqali Rossiya harbiylari Kiyevga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rgan edi.
Kadrlarda Ukraina prezidentining Italiya bosh vaziri Jorj Meloni, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Belgiya bosh vaziri Aleksandr De Kroo bilan qanday uchrashgani ko‘ringan.
Zelenskiy Ukraina g‘alabaga 730 kunga yaqin ekanini va har bir ukrainalik bilan nihoyatda faxrlanishini ta’kidladi.
Comments
0 comment