menu
Toshkent viloyatida ayol eri tomonidan kaltaklandi
37 yoshli erkak protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumanida kelin qaynonasi va eri tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 16-yanvar kuni Oqqo‘rg‘on tumanida 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro (K.G.) va uning 2001-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i (Sh.U.) o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. 

Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.

1988-yilda tug‘ilgan K.G. protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126(1)-moddasi (oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. 

Jabrlanuvchining tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!