menu
Toshkentda Ozarbayjon fuqarolaridan noqonuniy tarzda pul talab qilgan 3 nafar shaxs ushlandi (video)
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahrida Ozarbayjon fuqarolaridan noqonuniy tarzda pul talab qilgan Rossiya va Ozarbayjon fuqarolari ushlandi. Bu haqda IIV Tezkor qidiruv departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1983-yili Ozarbayjonda tug‘ilgan shaxs akasi bilan birga Bektemir tumanida joylashgan bozorda sitrus mevalarning savdosi bilan shug‘ullanib kelgan.

Ushbu shaxs 10-yanvar kuni, IIV Tezkor qidiruv departamentiga ariza bilan murojaat qildi. Unda o‘zining tanishi bo‘lgan Rossiya fuqarosi bilan 2024-yilning noyabr oylarida vaqtincha yashash uyida mehmondorchilik qilayotgan vaqtida ular orasida tushunmovchilik kelib chiqqanligini maʼlum qilgan.

Shundan so‘ng jinoiy guruh vakili 15-dekabr kuni o‘zining jinoiy sherigi, 1974-yilda Ozarbayjonda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marta sudlangan shaxsni Toshkentga chaqirtirgan.

Uning yordamida jabrlanuvchiga tazyiq o‘tkazib, shaʼniga aytilgan gaplar uchun javob berishi lozimligini va tovlamachilik yo‘li bilan 5 ming dollar talab qilgan. Shundan 1,5 ming dollarni 15-dekabr kuni olib ketgan bo‘lsa ham yana 3,5 ming dollarni talab qilib kelgan.

10-yanvar kuni Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, gumonlanuvchilar tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib kelayotgan, 3,5 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qism “v” bandi (tovlamachilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Uch nafar shaxs Jinoyat protsessual kodeksning 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!