menu
Ukraina Rossiyaning “Atlas” neft bazasiga uchinchi marta hujum qildi (video) 
Ushbu baza Rossiya armiyasini ham neft mahsulotlari bilan ta’minlagan

Ukraina dronlarining Rostov viloyatida joylashgan “Rosrezerv”dagi “Atlas” neft omboriga bergan zarbasi oqibatida mazkur hududda yong‘in chiqdi.

Ushbu neft bazasi Rossiya armiyasini ham neft mahsulotlari bilan ta’minlaydi.

Ukraina dronlari “Atlas”ga uch marta hujum qilgan. Avvalgi hujumlar 3- va 28-avgust kunlari amalga oshirilgan edi.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, yong‘indan oldin kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Yong‘inni o‘chirishga 100 dan ortiq odam va 38 ta texnika jalb qilingan.

Kamenskiy tumani Rostov viloyatining shimoli-sharqida, Ukrainaning Lugansk viloyatining Rossiya nazoratidagi hududi bilan chegara yaqinida joylashgan.

Unga ko‘ra, Rostov viloyatida 30 ta dron urib tushirilgan. Hujum oqibatida qurbonlar yo‘q.

Rossiya Mudofaa vazirligi o‘tgan kechada havo hujumidan mudofaa tizimlari mamlakat hududi uzra 47 ta Ukraina dronini urib tushirgani haqida xabar bergan. Rostov viloyatida 29 ta, Krasnodar o‘lkasida sakkizta, Belgorod, Bryansk va Voronej viloyatlarida uchtadan, anneksiya qilingan Qrim ustidan esa bittadan dronlar urib tushirilgan.

Bryansk va Voronej viloyatlarida qurbonlar yo‘q. Hujumning boshqa hududlardagi oqibatlari hozircha noma’lum.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!