menu
Plastik kartalar sonini cheklash, Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan sud hukmi, Kanizani haqorat qilib, jarimaga tortilganlar: 29-noyabrning eng muhim xabarlari
“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

Fuqarolarga beriladigan plastik kartalar sonini cheklash rejalashtirilishi, Toshkentda 3 yoshli bolani shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirgan shaxs 24 yilga qamalishi, bloger Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan sud hukmi o‘qilishi — “Daryo” nashri bugun, 29-noyabrda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

Ushbu lavozimni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan Ravshanbek Alimov egalladi.

Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisini urgan o‘qituvchi intizomiy jazoga tortildi

O‘quvchi maktabning ichki nazoratiga olingan o‘quvchilar ro‘yxatida turishi aniqlandi.

Yomg‘ir, qor, harorat pasayishi: “O‘zgidromet” dam olish kunlariga prognozini e’lon qildi

Bir necha kun kuzatilgan iliq va quruq ob-havodan so‘ng nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlandi.

“Toshkentdagi maktablarning birida 17 ta, yana birida esa 54 ta jinoyat sodir etilgan” — Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari 

Bu haqda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Milliy gvardiyaning shahar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda gapirdi.

Eski “ToshMI” va sobiq “Toshselmash” bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi

Bu yerda transport oqimi bo‘linadi, qayrilib olish qismlari qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonda fuqarolarga beriladigan plastik kartalar sonini cheklash rejalashtirilmoqda

Markaziy bank bu masala yuzasidan izoh berdi.

Toshkentda 3 yoshli bolani shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirgan shaxs 24 yilga qamaldi (video)

Sudlanuvchi 3 yoshli bola qotili deb topildi va unga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishi bo‘yicha 22 ta mamlakat bilan muzokaralar nihoyasiga yetdi.

Buxoroda hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tadi

Shavkat Mirziyoyev 29-noyabr kuni Buxoro viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, investitsiya va ish o‘rinlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Bloger Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida otolaringolog A.X. hamda anesteziolog-reanimatolog J.Q.ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlandi.

Namanganda avtomobil yo‘llari holati o‘rganilmoqda. Ularning chorak qismi taʼmirga muhtoj (video)

Viloyatning 2700 kilometr masofadagi avtomobil yo‘llari ko‘zdan kechirilib, diagnostika ishlari yakunlandi.

Aksilkorrupsiya agentligi bir portal uchun 1,5 mlrd so‘mdan ko‘proq pul sarfladi. Shartnomada qator qonunbuzilishlar mavjud

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun va davlat xaridlari bo‘yicha boshqa qonun hujjatlarining to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qiluvchi agentlikning o‘zi shartnoma bilan bog‘liq bir qator qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan.

Xonanda Kanizani haqorat qilgan ikki yigit jarimaga tortildi

Buxorolik 32 yoshli M.R. va farg‘onalik 28 yoshli I.M Instagram’da xonandani haqorat qilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!